26.05.2026
Ummon davlati delegatsiyasining o‘tkazilgan xalqaro konferensiya bo‘yicha fikrlari
O‘zbekistonda “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida ishtirok etgan Ummon davlati delegatsiyasi vakili Muhammad Zohir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvidagi ochiqlik hamda xalqaro hamkorlikning yuqori darajada ekanligini alohida e’tirof etdi.
Vakilning ta’kidlashicha, konferensiya yuqori saviyada va bugungi kunning eng dolzarb mavzusida tashkil etilgan. Ishtirokchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan va O‘zbekiston xalqining mehmondo‘stligi hamda samimiy munosabati vakilda katta taassurot qoldirgan.
Tadbir davomida oliy audit muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish, shaffoflikni ta’minlash va zamonaviy audit mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, 2027-yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiya doirasida ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Muhammad Zohir konferensiya davomida raqamli audit, davlat moliyaviy nazorati hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha taqdimotlar katta qiziqish uyg‘otganini bildirdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Hisob palatasining Masofaviy markazi faoliyatini yuqori baholab, uning zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgani, tezkor tahlil, monitoring va audit jarayonlarini samarali boshqarish imkoniyatlari alohida e’tirof etildi.
Delegatsiya vakili IT auditi sohasida sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalaridan keng foydalanish, kiberxavfsizlik auditini rivojlantirish, raqamli xavflarni baholash hamda auditorlar uchun maxsus IT o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Shuningdek, bunday xalqaro konferensiyalar davlat audit tizimlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
O‘z navbatida Ummon vakili tadbir tashkilotchilariga yuqori saviyadagi mehmondo‘stlik va ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_519f84e6d70efa9488c3aa86.jpg)
Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining auditi
2086
01.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9ea9a786478ca25f73bcfde0.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida topshiriqlar ijrosi yuzasidan audit o‘tkazildi
3109
03.10.2025
Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro loyihalar samaradorligi muammolari
441
04.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
1389
28.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_499014276c65f9cfe1d766cb.jpg)
Davlat byudjetining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi auditdan o‘tkazildi
2621
25.05.2025