04.03.2026
Qozog‘iston Respublikasi Oliy audit palatasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Hisob palatasida Qozog‘iston Respublikasi Oliy audit palatasi hay’ati a’zosi R. Nurpeisov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik va strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning kengayishi sharoitida ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik davlat mablag‘laridan samarali va shaffof foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
2025 yilda Misrda bo‘lib o‘tgan INTOSAI Kongressi doirasida imzolangan Hamkorlik memorandum irodalar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar va o‘quv kurslarini tashkil etish uchun mustahkam asos yaratgani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, davlat dasturlari samaradorligini baholash metodologiyasi, raqamli auditni joriy etish, davlat aktivlarini boshqarish auditini tashkil etish va elektron davlat xaridlari ustidan nazoratni kuchaytirish yo‘nalishlarida tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar mazkur sohalarda qo‘shma seminarlar tashkil etish, ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining transformatsion faoliyati haqida ma’lumot berildi. Qozog‘iston delegatsiyasi, shuningdek, Hisob palatasining “Masofaviy nazorat markazi” faoliyati bilan tanishdi. Davlat idoralarida risk-tahlillarini amalga oshirish uchun joriy etilgan “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi taqdim etildi.
Shu bilan birga, ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha Harakatlar rejasi imzolandi. Ushbu Reja 2025-yil oktabr oyida Misrda bo‘lib o‘tgan INTOSAI kongressida imzolangan Hamkorlik memorandumini to‘ldiradi.
Uchrashuv natijalari bo‘yicha Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va davlat auditi tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro muloqotni izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_62ba9ea82783809349cbd37d.jpg)
Xitoyda ShHTga a'zo mamlakatlar yosh auditorlari uchun xalqaro seminar
2193
26.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e783e1bc449a85f7e470f997.jpg)
Hisob palatasi vakillari INTOSAI davlat xaridlari auditi bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishida ishtirok etdi
554
07.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d047d561b6d4c5dfd0bffee.jpg)
Byudjet va ijro intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
2358
22.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2f38ab277f24efb38d50aa6b.jpg)
Xitoy Xalq Respublikasi Bosh auditori Hisob palatasiga tashrif buyurdi
1949
09.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2dd778565deb24d22e26ab2c.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida ijro intizomiga bag‘ishlangan seminar bo'lib o'tdi
3150
07.02.2025