O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
05.05.2026
Bandlik sohasida moliyaviy nazoratni takomillashtirishga doir yangi yondashuvlar muhokama qilindi

Mazkur tadbir PF-252-son Farmon ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilib, davlat moliyaviy nazoratini yanada tizimli ravishda kuchaytirishga qaratildi.
Seminarda vazirlik rahbariyati hamda tizimga kiruvchi 7 ta tashkilotdan 32 nafardan ortiq mas’ul rahbar va mutaxassislar, jumladan bosh hisobchilar, ichki audit va komplaens xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hisob palatasining vazirlikdagi vakili — Bosh inspektor J. Kosimov tomonidan kun tartibidagi masalalar, xususan, Prezident farmonining mazmun-mohiyati, sohada joriy etilayotgan yangi yondashuvlar va davlat auditi tizimining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Qayd etilganidek, 2026-yil 1-apreldan boshlab davlat organlarida Hisob palatasi vakili — bosh inspektor instituti joriy etilgan bo‘lib, mazkur tizim moliyaviy nazorat samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari jami 582,8 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 300,0 mlrd so‘mi (51,5 foiz) hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga, 150,0 mlrd so‘mi (25,7 foiz) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga hamda 50,0 mlrd so‘mi (8,6 foiz) Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga transfertlar sifatida yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, zamonaviy raqamli texnologiyalar va doimiy monitoring tizimlari orqali byudjet mablag‘lari harakati ustidan kuchaytirilgan nazorat o‘rnatish choralari bosqichma-bosqich joriy etilayotgani ta’kidlandi. Bu esa davlat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga moliyaviy intizomni mustahkamlash, qonunbuzilishlarning oldini olish hamda nazorat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_01897bf9acd5acd91ed6bcac.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
3030
29.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_47886fe23e19760fc2206c69.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1071
17.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_648473e7593f44829e6ee848.png)
Hisob palatasi “Raqamli davlat auditi bo‘yicha eng yaxshi tashkilot” deb topildi
715
24.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9d2e8555e6cadb6b1e52c53e.png)
Byudjet ijrosi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha yig‘ilish
2762
10.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b11a867f7516bed652aa2890.png)
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
1349
17.05.2026