29.07.2025
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-sonli Farmoniga asosan Hisob palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining ijro intizomiga mas'ul o‘rinbosarlari hamda ijro intizomi bo‘linmasi boshliqlari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar O‘zbekston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari bag‘ishlandi.
Tadbirda 200 ga yaqin mas'ullar bevosita hamda 800 ga yaqin vakillar video-aloqa orqali ishtirok etdi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev Prezident Farmoniga muvofiq joriy qilingan yangi nazorat mexanizmlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi bo‘yicha aniq hisobdorlikni ta'minlash, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qat'iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilinganligi ta'kidlandi.
Ijro intizomi borasida mas'ul ijrochilarda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hamjihatlikda hal etish choralari belgilandi.
O‘quv-amaliy seminar jonli muloqot formatida o‘tkazildi.
Seminar yakuni bo‘yicha Farmon ijrosini samarali tashkil etish hamda bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida Hisob palatasi, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining qo‘shma qarori va chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishiga kelishildi.


Boshqa yangiliklar
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
621
07.04.2026
Hisob palatasida davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan vebinar o‘tkazildi
594
27.02.2026
Situatsion markazlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy seminar
3014
28.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/b6731ea1-091c-1ea0-a412-dbabadcee942.jpg)
Ҳисоб палатаси ходимлари учун ACCA ўқув дастури йўлга қўйилди
1669
02.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2c4f8f1b47d594c5f81beed.jpg)
Yirik korxonalarda xavflarni boshqarish sohasidagi tahlilar bo'yicha amaliy seminar
2611
13.02.2025