2026-yilning 21–24 may kunlari Toshkent shahrida “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi ma’lum qilinadi.
17.05.2026
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Konferensiyaning asosiy maqsadi — davlat audit sohasida raqamli texnologiyalar, Big Data va sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba almashish, yosh auditorlarning raqamli tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida AZOSAI va INTOSAI xalqaro tashkilotlari doirasida tashkil etilmoqda.
Konferensiyada 30 dan ortiq davlatlar Oliy audit organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiya doirasida qator tematik sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbirda davlat auditida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt texnologiyalari, masofaviy audit, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari hamda kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilinadi.
E’tiborlisi shuki, mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tarixida AZOSAI va INTOSAI doirasida ilk bor shunday keng qamrovli xalqaro formatda o‘tkazilmoqda.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b5d0dbe48c83b3534143ef98.jpg)
Qaşqadaryo salohiyatini aholi daromadi va yangi iş örinlariga aylantiriş vazifalari belgilandi
252
21.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
2758
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/fbcf64f7-0444-c01a-bd7a-98fdaf65f692.jpg)
Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
1963
16.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_499014276c65f9cfe1d766cb.jpg)
Davlat byudjetining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi auditdan o‘tkazildi
3433
25.05.2025
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
1112
20.04.2026