O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 167-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot tashqi audit va baholashdan o‘tkazildi.
25.05.2025
Davlat byudjetining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi auditdan o‘tkazildi

Hisobotni tashqi audit va baholashdan o‘tkazish Iqtisodiyot va moliya vazirligi, G‘aznachilik qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank hamda boshqa tegishli tashkilotlarning ma'lumotlari asosida amalga oshirildi.
Audit yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti bo‘yicha Hisob palatasining tegishli xulosasi tayyorlandi.
O‘tkazilgan audit va baholash yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etgan holda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritish tavsiya etildi.
Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish va baholash natijalari yuzasidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xulosalar taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7646c770d6c55a3040e97b35.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1107
07.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_504e59099f384d4f7c98bdcc.jpg)
Sloveniyada Visegrad guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
331
16.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a38b321fcbb523ae26cd345c.png)
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq tushumlarining to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha audit o‘tkazildi
488
02.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_28f8becdd2d7ef9d8041e1cf.png)
Turkiyalik auditorlar: “Toshkent xalqaro konferensiyasi yangi strategiyalarni belgilab bermoqda”
863
25.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d12a018c2bffe7ffdf7d9cc.jpg)
Raqamli pullarni rivojlantirishning iqtisodiy imkoniyatlariga bag‘ishlangan vebinar
1158
04.02.2026