Avstriyaning Birlashgan Vena Instituti (JVI) tomonidan “JVI mintaqasida raqamli pullarni rivojlantirishning iqtisodiy imkoniyatlarini tahlil qilish” mavzusida vebinar tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
04.02.2026
Raqamli pullarni rivojlantirishning iqtisodiy imkoniyatlariga bag‘ishlangan vebinar

Ma'lumot uchun: Birlashgan Vena Instituti mintaqaviy o‘quv markazi bo‘lib, Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha davlat sektori xodimlari uchun mo‘ljallangan. U 1992 yilda Avstriya hukumati, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan.
Vebinarda ta'kidlanganidek, raqamli pul vositalarining paydo bo‘lishi pullarning chiqarilishi va saqlanishini o‘zgartirmoqda. Bu raqobat pul suvereniteti va siyosati hamda moliyaviy barqarorlik uchun fundamental savollarni tug‘diradi.
Tadbirda raqamli pul vositalarining saqlanishi, markaziy bank raqamli valyutalari, steyblkoynlar (kriptovalyuta), tokenlangan depozitlar va raqamli pullarning turli xil paydo bo‘layotgan shakllari makromoliyaviy nuqtai nazardan muhokama qilindi. Vebinar Yevropa Markaziy banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Qozog‘iston Milliy banki vakillari tomonidan o‘tkazildi.
Tadbirda JVI mintaqasidagi mamlakatlar uchun raqamli pul siyosatining foyda, xavf va oqibatlari ko‘rib chiqildi. Ekspertlar tomonidan mintaqadagi fintech (moliyaviy texnologiyalar) yetakchi bo‘lgan iqtisodiyot o‘zining raqamli aktivlar strategiyasini qanday rivojlantirayotgani misol tariqasida ko‘rib chiqildi.
Yevropa Markaziy banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari JVI mintaqasi va undan tashqaridagi iqtisodiyotlar uchun bevosita ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha va xulosalar bilan o‘rtoqlashdi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c098013d043bb550d110d54.jpg)
“Davlat auditining mustaqilligini ta'minlash” mavzusida Qirg‘izistonda amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
2033
08.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/7d1ec744-a4f3-2974-90f1-a482cd8e663b.jpg)
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik
4518
13.01.2025
Nankin audit universiteti delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
2282
16.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_febc18d4b6f72531caabf8f9.jpg)
Pokistonlik auditorlar: “Raqamli davlat auditida xalqaro tajriba va o‘zaro fikr almashish muhimdir.”
937
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f5559118da150080de915c2.jpg)
Hisob palatasi rahbariyati vakili O‘zbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi
1045
08.07.2026