O‘zbekiston futzal federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdullayev Mehriddin Razzoqovich O‘zbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.
08.07.2026
Hisob palatasi rahbariyati vakili O‘zbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi

Mazkur tayinlov mamlakatimizda futzal sport turini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sohani zamonaviy boshqaruv yondashuvlari asosida takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Abdullayev Mehriddin Razzoqovich davlat boshqaruvi va moliyaviy nazorat sohasida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega rahbar sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Uning bilim va tajribasi O‘zbekiston futzal federatsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, milliy futzalni yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqaro maydondagi natijalarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildiriladi.
Hisob palatasi jamoasi Abdullayev Mehriddin Razzoqovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz futzalining ravnaqi yo‘lida yangi yutuqlar tilaydi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_49d31b34666958746ba5309f.jpg)
SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA IRRIGATSIYA SEKTORINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSI TAHLILI
1511
11.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3877068db2acbfc4c659f3b6.jpg)
Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
1153
20.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5282abf77b9ecc34e2f5ed10.jpg)
Butan Qirolligi Oliy audit muassasasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi
1013
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21b102bf268798ed41c5cdfb.jpg)
Prеzidеntning O‘zbеkiston хalqiga Ramazon tabrigi
1195
17.02.2026
Bokuda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda Hisob palatasi vakili ishtirok etdi
1019
20.06.2026