O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.
07.05.2026
BAYRAM TABRIGI

Ushbu sana — Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning porloq xotirasini yod etish, bugungi osoyishta hayotimiz uchun fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash va qadrlash kunidir. Bu kun har birimizni o‘tmishga nazar tashlab, ajdodlarimizning jasorati, sabr-toqati va mardligini chuqur his etishga chorlaydi.
Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, keksalarimizga hurmat ko‘rsatish, ularning hayotiy tajribasi va mehnatini e’zozlash ezgu an’ana sifatida davom etmoqda. Ayniqsa, urush va mehnat faxriylari, nuroniylarimizga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik jamiyatimizda mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ajdodlarimizning jasorati va muqaddas xotirasi har doim yuksak qadrlanadi. Ular jang maydonida va maydon ortida g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan.
Shuningdek, urushdan keyingi yillarda mamlakat farovonligini tiklashga xizmat qilganlar. Ular bugungi avlod uchun axloqiy namuna va mustahkam ma’naviy poydevor hisoblanadi.
Hisob palatasi jamoasi mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda davlat moliyaviy resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash yo‘lida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishda davom etadi.
Ushbu qutlug‘ kunda Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_648473e7593f44829e6ee848.png)
Hisob palatasi “Raqamli davlat auditi bo‘yicha eng yaxshi tashkilot” deb topildi
715
24.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_665fabc75a11582d44cd77e7.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
1105
15.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_84d7e8c8decd9e86ba1ef0bb.png)
Mudofaa vazirligida davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha muhokama o‘tkazildi
929
15.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_36b54f2b28999610ababf55d.jpg)
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarining muhokamasi
3220
20.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_29f00cbd938976c3a73b201e.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidagi vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha E’LON
11941
29.09.2026