Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

29.09.2026

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidagi vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi IT va Big Data texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha vakant lavozimlar uchun arizalarni qabul qilmoqda.

Talab qilinadigan kompetensiyalar


– IT, amaliy matematika yoki ma’lumotlar ilmi (Data Science) bo‘yicha oliy ma’lumot va kamida bitta yakunlangan Big Data texnologiyalariga asoslangan loyihada amaliy ishtirok tajribasi;


– Python, SQL, ETL/ELT, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlar omborlari va Apache Spark yoki muqobil texnologiyalarni bilish;


– API integratsiyasi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish va axborot xavfsizligi bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lish;


– davlat tilini yaxshi bilish, savodli yozish ko‘nikmalari, xolislik hamda kasbiy odob-axloq va maxfiylik talablariga rioya qilish.


Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohalarida xalqaro professional sertifikatlar hamda malaka darajalariga ega bo‘lishi, shuningdek, xorijiy tillarni bilish ma’qullanadi.


Asosiy majburiyatlar


– davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda olish hamda integratsiya qilish;


– katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tozalash, qayta ishlash va saqlash infratuzilmasini ishlab chiqish;


– ma’lumotlar omborlari, ETL/ELT jarayonlari va avtomatlashtirilgan tahlil mexanizmlarini yaratish;


– davlat auditi jarayonlariga sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarini joriy etishda ishtirok etish;


– ma’lumotlar sifati, tizimlar barqarorligi, axborot xavfsizligi va ruxsatsiz kirishdan himoyani ta’minlash;


– ishlab chiqilgan dasturiy yechimlarni sinovdan o‘tkazish, hujjatlashtirish va texnik qo‘llab-quvvatlash.


Ijtimoiy paket


Xodimlar va ularning oila a’zolari uchun kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish, sanatoriylarda davolanish va sog‘lomlashish, uy-joy ijarasi xarajatlarining bir qismini qoplash hamda transport xizmati kabi muhim ijtimoiy qulayliklar yaratilgan.


Mehnatga haq to‘lash miqdori milliy darajadagi “A” guruhiga kiruvchi davlat organlari darajasida belgilangan (ma’lumot uchun: milliy darajadagi tashkilotlar tarkibiga eng yuqori bo‘lgan davlat organlari kiradi).


Arizalarni berish tartibi


Vakant lavozim uchun tegishli tajriba hamda bajarilgan ish yoki loyihalardan 2–3 ta namunani ko‘rsatgan holda ma’lumotnomani (CV) taqdim eting.


Tanlov jarayoni talablarga muvofiqlikni tekshirish, mutaxassislikka oid amaliy topshiriq, test va suhbatni o‘z ichiga oladi. Belgilangan talablarga javob beradigan nomzodlar amaliy topshiriqni bajarish huquqiga ega bo‘ladilar.


Hujjatlarni qabul qilish manzili: hp@ach.gov.uz


Ma’lumot uchun telefon: (71) 236-80-06

img