Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

15.07.2026

Mudofaa vazirligida davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha muhokama o‘tkazildi

Mudofaa vazirligida davlat xaridlari tizimida shaffoflik va raqobat muhitini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, "Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi" DM, Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari ishtirok etdi.


Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta'minlashga oid Farmoni ijrosi, shuningdek, Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralarda "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonun va sohaga oid boshqa me'yoriy hujjatlar talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.


Seminarda Hisob palatasi, Mudofaa vazirligi rahbariyati, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, "Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi" DM vakillari o‘quv va amaliy ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.


Seminarda respublikamizda ayrim sohalarda budjet ijrosi jarayonlarida amaliyotda budjet buyurtmachilari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan quyidagi holatlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, o‘zaro fikr almashildi:


- raqobatli xarid turlaridan foydalanmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish;


- manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari;


- soliq va yig‘imlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi hamda sud qarorlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish;


- davlat xaridlari hajmini qismlarga bo‘lish;


- tanlov va tenderlarda xarid komissiyalari tomonidan baholash mezonlariga rioya etmaslik.


Mazkur o‘quv seminari yuqoridagi kabi kamchiliklarga Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkil etildi. Seminarning ikkinchi qismi savol-javob shaklida o‘tdi.


Seminardagi muhokamalarda harbiy xizmatchilar va sohadagi hamkor tashkilotlar vakillari ham so‘zga chiqib, davlat xaridlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdi.


O‘quv seminari davlat xaridlari tizimida shaffoflikni kuchaytirish, mas'ul xodimlarning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan muhim tajriba maydonchasiga aylandi.

img-0
img-1img-2