30.10.2025
XXV INKOSAI kun tartibida sun'iy intellekt texnologiyalarini auditda qo‘llash masalalari
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi delegasiyasi joriy yilning 27-31 oktyabr' kunlari Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan XXV INTOSAI (Oliy audit) xalqaro tashkilotining INCOSAI - Butunjahon kongressida ishtirok etdi.

Kongress doirasida “Sun'iy intellekt texnologiyalarini audit jarayonlarida qo‘llash” bo‘yicha plenar sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Misr, Buyuk Britaniya, Hindiston, Norvegiya, Keniya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Sessiya ishtirokchilari tomonidan davlat auditi tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish tezkorlik, aniqlik va shaffoflik darajasini sezilarli darajada oshirishi alohida ta'kidlandi.
O‘zbekiston Hisob palatasining raqamlashtirish, ayniqsa, sun'iy intellekt texnologiyalari sohasida erishgan yutuqlari mazkur Kongressda ishtirok etgan ko‘plab rivojlangan davlatlar, jumladan, Vengriya, Slovakiya, Chexiya va Pol'sha tomonidan alohida e'tirof etildi.
Qozog‘iston va Qirg‘iziston Oliy audit organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tajribasini targ‘ib qilish bo‘yicha vebinarlar tashkil qilish takliflari bildirildi.
Bugungi kunda Hisob palatasida davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi, affillanganlik va shartnomada ko‘rsatilgan tovarlarni qabul qilish hujjatlariga (hisobvaraq-fakturalarga) muvofiqligi yo‘nalishlarida risk-tahlillar sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Kongress doirasida Saudiya Arabistoni Oliy audit organi bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralar natijasida ushbu idoraning amaliy ko‘magida Hisob palatasi huzurida “Sun'iy intellekt laboratoriyasi”ni tashkil etishga kelishildi. Ushbu laboratoriya raqamli audit, sun'iy intellekt, katta hajmli ma'lumotlar tahlili va axborot xavfsizligi sohalarida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Hisob palatasi tomonidan ilg‘or xalqaro tajriba asosida sun'iy intellekt orqali masofaviy auditni o‘tkazish ishlari izchil davom ettiriladi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_49d31b34666958746ba5309f.jpg)
SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA IRRIGATSIYA SEKTORINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSI TAHLILI
1127
11.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_19ef958e33e7204b96fe2908.jpg)
Hisob palatasining 2024 yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti
3225
29.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1606ac7e2abc192c7af47e44.jpg)
Hisob palatasining 2025-yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi
966
22.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e692b4271fca99651024ee9c.png)
Osiyo taraqqiyot banki bilan munosabatlar faol rivojlanmoqda
2045
10.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_692dfd9121d044af1d4339d6.jpg)
Bandlik sohasida moliyaviy nazoratni takomillashtirishga doir yangi yondashuvlar muhokama qilindi
850
05.05.2026