Raqamli texnologiyalar vazirligida “Raqamli to‘lovlar va mobil bank xizmatlarida kiberxavfsizlik: hozirgi holat va kelajak tahdidlari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
17.07.2025
Raqamli to‘lovlar va mobil bank xizmatlarida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar
Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli farmoni va 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
Seminarda Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar, Ichki ishlar vazirliklari, Markaziy bank va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK ning mas'ul xodimlari o‘zlarining ma'ruzalari bilan qatnashdi.
Tadbirda, shuningdek, Moliya va iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan 9 ta bank (jumladan, “O‘zmilliy bank”, “O‘zSanoatqurilishbank”, “Aloqabank”, “Mikrokreditbank”, “Agrobank”, “Asakabank” va “Biznesni rivojlantirish banki”)ning axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari ham ishtirok etdi.
Ma'ruzalarda kiberxavfsizlikni ta'minlashda milliy va xalqaro talablar, raqamli transformasiya jarayonida axborot xavfsizligining asosiy yo‘nalishlari, banklarga xos APT (Advanced Persistent Threat) hujumlari va ulardan himoyalanish strategiyalari hamda raqamli to‘lovlar va mobil bank xizmatlarida kiberxavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari interaktiv formatda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1953
14.04.2025
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi
1931
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2c3ea0b3e72305aacb2fa8f0.jpg)
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi
698
31.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
2138
26.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d21edc83be03b6a146fc918c.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi delegatsiyasi Latviya Prezidenti bilan uchrashdi
570
18.08.2026