Prezident Shavkat Mirziyoev 19-20 iyun' kunlari Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi. Tashrif avvalida Davlatimiz rahbari Qarshi shahridagi “Alp texno servis” eksportchi korxona faoliyati bilan tanishdi.
19.06.2025
Prezident Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Qarshi shahridan Shahrisabzga poezdda bordi. U yerda ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi faoliyati bilan tanishildi. Shahrisabz tumani Hisor tog‘i yon bag‘ridagi sayyohlik salohiyati ham taqdim etildi.
Davlatimiz rahbari Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori yaqinida barpo etilgan Hisorak kichik gidro elektr stansiyasini ham ko‘zdan kechirdi.
Shu bilan birga, Prezident Yakkabog‘ tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.
So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoev Ko‘kdala tumanida 20 iyun' kuni Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Prezidentimiz viloyatda ulkan o‘zgarishlar bo‘layotgani, islohotlar odamlar hayotiga kirib borayotganini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari viloyatni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_87c989ec31934dec90aeffc9.jpg)
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan byudjet mablag‘larini sarflash borasida amalga oshirilgan ishlar
3879
03.07.2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASIDAGI VAKANT LAVOZIMLARGA TANLOV O‘TKAZISH BO‘YICHA E’LON
2455
30.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_516fe5485af689d45a8a2b4d.jpg)
Raqamlashtirish orqali samaradorlikka: Davlat korxonalarida yangi bosqich boshlandi
3387
08.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21d16206331a394414cee7ce.jpg)
Oliy ta'lim sohasida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2490
10.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_74424cc4d871d936961aa303.jpg)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “2026 YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI LOYIHASI VA 2026 YIL UCHUN BYUDJETNOMA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINING XULOSASI YUZASIDAN
4562
20.04.2026