20.04.2026
Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha manbalar shakllanishi va ulardan foydalanilishi tahlili
Hisob palatasi tomonidan 1-chorakdagi ish rejasiga muvofiq, 2025-yilda mahalliy byudjetlarda qo‘shimcha manbalar shakllanishi va ulardan foydalanilishi tahlil qilindi. Shuningdek, ushbu mablag‘lardan foydalanish samaradorligi Farg‘ona viloyati misolida o‘rganildi.

2025-yilda respublika bo‘yicha mahalliy byudjetlarda 11,1 trln so‘m qo‘shimcha manbalar shakllangan bo‘lib, hududlarda yashirin iqtisodiyotning qisqarishi hamda mahalliy kengashlar vakolatlari kengayishi natijasida qo‘shimcha manbalar shakllanishi 2024-yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Tahlillar natijasida qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘lar ajratilishida ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi, jumladan:
– maqsadli sarflanishi lozim bo‘lgan ayrim yo‘nalishlarga mablag‘lar ajratilmagan.
Misol uchun, tuman (shahar) byudjetiga qishloq xo‘jaligi yer uchastkalariga ijara huquqini auksion orqali sotishdan tushgan 178,9 mlrd so‘m qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlariga sarflanmagan va joriy yilga erkin qoldiq sifatida shakllantirilgan.
– jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga me’yorga nisbatan (30%) viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan kam mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, mablag‘lardan foydalanish samaradorligi Farg‘ona viloyati misolida o‘rganilganda qo‘shimcha manbalarni tegishli yo‘nalishlarga ajratish hamda ularni sarflashda majburiy talablar bajarilmagan holda ajratilgan va shu kabi boshqa moliyaviy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, qurilish me’yorlarini noto‘g‘ri qo‘llash, tovar-moddiy boyliklarni qimmat narxlarda xarid qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan va boshqa turdagi moliyaviy kamchiliklar hisobiga byudjet mablag‘laridan samarali foydalanilmagan.
Audit natijasida Hisob palatasi ishchi guruhi tomonidan qo‘shimcha manbalarni hisoblanishi, maqsadli va samarali sarflanishi jarayonlarini takomillashtirish, me’yoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi. Xususan:
“E-qaror” elektron tizimida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmagan mahalliy kengashlar qarorlari loyihalarini qabul qilishda cheklovlar o‘rnatish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish;
mahalliy byudjetlarda shakllanadigan qo‘shimcha manbalarni tegishli me’yorlar asosida tadbir va jamg‘armalarga ajratmalarni raqamlashtirish orqali yo‘naltirish mexanizmini ishlab chiqish.
Shuningdek, mahalliy byudjetlardan mablag‘ ajratilishi bilan bog‘liq tahlillarda aniqlangan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf qilish va kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida qator ko‘rsatmalar berildi. Jumladan:
– jarayonlarni tartibga solish yuzasidan mahalliy kengashlarning qo‘shimcha manbalardan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini jamoatchilik muhokamasidan to‘liq o‘tkazish va shaffofligini ta’minlash;
– ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda davlat xaridlari va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq xaridlarni amalga oshirish;
– qo‘shimcha manbalar hisobidan ajratiladigan mablag‘larning yakuniy kassa xarajatlarini to‘liq g‘aznachilik orqali amalga oshirilishini ta’minlash;
– Farg‘ona viloyati bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy soha muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, jumladan qurilishi yakunlanmasdan qolgan obyektlarga yo‘naltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5c291a994950d6d476c1c625.jpg)
Prezident Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
1005
19.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c098013d043bb550d110d54.jpg)
“Davlat auditining mustaqilligini ta'minlash” mavzusida Qirg‘izistonda amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
1247
08.09.2025
Davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishga oid seminar bo‘lib o‘tdi
172
23.02.2026
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
2311
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_99078ff3540411112f0e58dd.jpg)
Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
261
10.03.2026