Hisob palatasi tomonidan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash holati tahlil qilindi.
23.09.2025
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash holati tahlil qilindi

Respublika bo‘yicha 2022-2024 yillar davomida 81,3 ming gektar qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlarining toifasi aholi punkti va sanoat toifasiga o‘zgartirilgan.
Shuningdek, energetika va aloqa ob'ektlari hamda tarmoqlari, sanoat korxonalari va sanoat zonalarini tashkil qilish, Yangi O‘zbekiston massivlari va yakka tartibdagi uy joylar qurish, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish maqsadlarida ajratilgan yerlar nobudgarchilik to‘lovlaridan ozod qilingan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2025 yildagi PF-130-son Farmoni qabul qilindi.
Bunda, yer toifasini o‘zgartirish va nobudgarchilik hisobini yuritish bo‘yicha raqamlashtirilgan tizimni joriy qilish belgilandi.
Shuningdek, 2026 yil 1 martdan boshlab:
– qishloq xo‘jaligi yerlari toifasini o‘zgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish;
– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha belgilangan tartibda to‘lanadigan kompensasiya to‘lovini avtomatik hisoblash, to‘lovlarni amalga oshirish va undirilgan to‘lovlar hisobini yuritish belgilandi.
Nobudgarchilikni qoplash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralarga tegishli taklif va tavsiyalar yuborildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d97b629d89df728616b8969a.jpg)
Latviyada Oliy audit organlari ishtirokida yuqori darajadagi forum bo‘lib o‘tdi
558
17.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e692b4271fca99651024ee9c.png)
Osiyo taraqqiyot banki bilan munosabatlar faol rivojlanmoqda
2350
10.07.2025
Xitoy Milliy audit idorasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
2594
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_803e686b67c15fd40f124d27.jpg)
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati auditi yakunlari
1579
25.03.2026
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
732
06.04.2026