Hozirda Hisob palatasi xalqaro moliyaviy tuzilmalar orasida eng faol hamkorlik aloqalarini rivojlantirayotgan tashkilotlardan biri – bu Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) hisoblanadi.
10.07.2025
Osiyo taraqqiyot banki bilan munosabatlar faol rivojlanmoqda

Hisob palatasida OTBning O‘zbekiston bo‘yicha operasion faoliyat rahbari M. G‘ulomov boshchiligidagi ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish doirasida o‘zaro hamqorlik aloqalarini rivojlantrishi yuzasidan muhokamalar o‘tkazdi.
Uchrashuvda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev ushbu idoradagi transformasion jarayonlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan ma'lumot berdi. Avvalgi moliyaviy tekshirishlardan ilg‘or xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazishga o‘tilgani ta'kidlandi. Hisob palatasi hozirda professional xulosa beruvchi tashkilotga aylandi.
Xalqaro tajriba asosida auditning samaradorlik, muvofiqlik, moliyaviy, strategik va IT standartlari hamda ularni o‘tkazish qo‘llanmalari ishlab chiqilib, 35 ta idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Qolaversa, kuni kecha Hisob palatasi OTB bilan hamkorlikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan birini “pilot” tajriba tariqasida auditan o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida davlat moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish, jumladan, tashqi audit jarayonini raqamlashtirish hamda kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan OTB va Hisob palatasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga kelishildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_49d31b34666958746ba5309f.jpg)
SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA IRRIGATSIYA SEKTORINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSI TAHLILI
1512
11.05.2026
Turkiya Hisob sudi tomonidan risklarni boshqarish mavzusida onlayn o‘quv treninglari o‘tkazildi
1933
26.12.2025
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
1113
20.04.2026
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi
1931
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_44d17df107f8cfa422b956e6.png)
Hisob palatasi INTOSAIning Big Data bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
690
17.12.2025