Hurmatli Yurtdoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi nomidan davlatimiz ramzlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining qabul qilinganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!
08.12.2025
BAYRAM TABRIGI

Madhiyamizda mujassam bo‘lgan yuksak g‘oya va qadriyatlar — Ona Vatanga sadoqat, milliy birlik, fidoyilik va ezgu maqsadlarga intilish ruhi bizga ulug‘vor kuch bag‘ishlaydi.
U nafaqat davlatimiz mustaqilligining timsoli, balki xalqimizning sharafli tarixi va buyuk kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonchining ifodasidir.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, taraqqiyot sari dadil qadamlarimiz aynan shu Madhiyamizda jaranglagan ruh va g‘ururdan kuch oladi.
Biz, Hisob palatasi jamoasi, davlatimiz rivoji, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishda aynan shu ulug‘vor maqsadlarga sodiq qolamiz.
Ushbu qutlug‘ sana har bir yurtdoshimiz qalbida Vatanga muhabbat, mustaqilligimizni asrab-avaylash, elimiz ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilish tuyg‘ularini yanada mustahkamlansin.
Vatanimiz tinch, bayrog‘imiz baland, Madhiyamiz jarangi doimo ulug‘ bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_99078ff3540411112f0e58dd.jpg)
Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
1346
10.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fd463905e1e2ccceffe182b1.jpg)
Mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlashning ustuvor vazifalari muhokama qilindi
2772
16.01.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_17329af51aa8fac9b8d2b820.jpg)
Mahalla odamlar uchun ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarur
1110
17.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_803e686b67c15fd40f124d27.jpg)
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati auditi yakunlari
1580
25.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_28f8becdd2d7ef9d8041e1cf.png)
Turkiyalik auditorlar: “Toshkent xalqaro konferensiyasi yangi strategiyalarni belgilab bermoqda”
864
25.05.2026