12.03.2026
Strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2025 yil 27 oktabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar asosida 2025 yil 18 noyabrda F-59-sonli farmoyish bilan Hisob palatasi boshchiligida tuzilgan respublika komissiyasi tomonidan mazkur yo‘nalishda tegishli ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, Davlat rahbari tomonidan 2026 yil 11 martda yirik strategik davlat korxonalarining biznes-rejasi ijrosi, tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Shu munosabat bilan, 13 mart kuni Hisob palatasida 20 ta yirik davlat korxonalari (Davaktiv agentligi, “Uz Assets” AJ va boshqalar) rahbarlari ishtirokida muhokamalar tashkil etildi.
Muhokamada Davlat rahbarining 11 mart kunidagi yig‘ilish hamda Ohangaron tumaniga tashrifidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek respublika komissiyasi tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masalalar o‘rganildi.
Tadbirda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Abdullayev ushbu farmoyish ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tarmoqlar bilan birgalikda 20 ta korxonaning 2026 yil uchun biznes-rejasi hamda xarajatlar va tannarxni qisqartirish dasturining tasdiqlanishi ta’minlandi.
Yig‘ilish ishtirokchilariga biznes-reja va tannarxni kamaytirish dasturi ijrosi “O‘zkimyosanoat” AJning “Yagona raqamli platforma” va “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimlari misolida namoyish etildi.
Bundan tashqari, Hisob palatasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” axborot tizimidan foydalanish imkoniyati va samaradorligi ko‘rsatildi.
Ishtirokchilarga tizimlarning ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyasi, onlayn monitoring, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish hamda xaridlar shaffofligini ta’minlashdagi afzalliklari batafsil tushuntirildi.
Yig‘ilishda davlat korxonalarida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, davlat xaridlari ustidan monitoringni kuchaytirish maqsadida Masofaviy audit avtomatlashtirilgan axborot tizimida “FINCONTROL” moduli joriy etildi.
Mazkur modul orqali korxonalar faoliyatidagi moliyaviy jarayonlar monitoring qilinib, xarajatlar samaradorligi tahlil qilinadi. Qayd etilganidek, monitoring jarayoni jazo choralarini qo‘llash emas, balki muammolarni barvaqt aniqlash, tahlil qilish va asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Tadbir interaktiv formatda o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida strategik davlat korxonalari rahbarlariga qator aniq vazifalar yuklatildi. Xususan, 2026 yil uchun biznes-reja ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash, “Yagona g‘aznachilik” va “Moliyaviy model” axborot tizimlarini joriy etish, davlat xaridlarida shaffoflikni kuchaytirish hamda investitsiya loyihalari ijrosini raqamli platformalar orqali doimiy monitoring qilib borish vazifalari belgilandi.
Shuningdek, UzAssets va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga korxonalar kuzatuv kengashlari bilan birgalikda biznes-rejalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, strategik korxonalarda samaradorlikni oshirish hamda davlat resurslaridan oqilona foydalanish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
Boshqa yangiliklar
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
1723
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0f843ff89edee2bc1d73beb4.jpg)
Hisob palatasi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida audit o‘tkazdi
497
01.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ca0d42ac33b894ff92c97c89.jpg)
BAYRAM TABRIGI
2856
16.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_492cf581b6fb26cb5f52c63e.jpg)
Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi
2205
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/7f8f3baf-f6f4-aa56-9c1a-0cedc39e389c.png)
1135
13.01.2025