Joriy yilning 23 may kuni xalqaro konferensiya doirasida ishtirokchilar uchun madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Tadbir “IT Park”da o‘tkazilgan konferensiyaning yopilish marosimidan so‘ng Hisob palatasi hamda Sport vazirligi hamkorligida Olimpiya shaharchasida tashkil qilindi.
23.05.2026
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Olimpiya shaharchasidagi sport tadbirlarida ishtirok etdi

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Mehriddin Abdullayev, Sport vaziri Adkham Ikramov ishtirok etdi.
Tadbir dasturidan milliy taomlar ko‘rgazmasi, sport chiqishlari va turli musobaqalar o‘rin oldi.
Ishtirokchilar uchun o‘zbek milliy qadriyatlari va sport an’analarini namoyon etuvchi ko‘rgazmalar tashkil qilinib, sport ustalari tomonidan qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari o‘rtasida “Audit va sport birligi” shiori ostida “Shaxmat”, “Arqon tortish”, “Armrestling”, “Stol tennisi”, “Darts” sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Mazkur musobaqalar ishtirokchilarning faol ishtiroki, do‘stona muhit va samimiy muloqot ruhida kechdi.
Musobaqalarda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan 30 dan ortiq davlatlarning audit tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bugun audit sohasi xodimlari nafaqat moliyaviy intizom va shaffoflikni ta’minlash, balki jismonan faol, ma’nan barqaror va jamoaviy hamjihatlikka ega mutaxassis sifatida ham namoyon bo‘lmoqda.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi tadbirlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va professional aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, mehmonlar Prezidentimiz tashabbuslari bilan barpo etilgan zamonaviy Olimpiya shaharchasidan o‘rin olgan zamonaviy sport inshootlari bilan ham yaqindan tanishdilar.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_803e686b67c15fd40f124d27.jpg)
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati auditi yakunlari
1580
25.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3877068db2acbfc4c659f3b6.jpg)
Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
1154
20.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ccfa3db3d276600090c5972.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1291
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4b50c2dcb260206463a2cabe.jpg)
Xitoy Milliy audit idorasi bilan memorandum imzolandi
2355
09.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_170e3a8159c26d0bb4e46f28.jpg)
Sport vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2533
06.07.2025