Hurmatli Yurtdoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi nomidan Siz azizlarni muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
26.05.2026
BAYRAM TABRIGI

Qurbon hayiti — mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlari yanada yuksaladigan, inson qalbi poklanib, ezgu amallarga intilish kuchayadigan ulug‘ ayyomdir.
Ushbu muborak kunlarda Yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mehr-oqibat yanada mustahkamlanib, jamiyatimizda hamjihatlik va totuvlik muhiti yanada qaror topmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda inson manfaatlarini ulug‘lash, ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholining farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ana shunday ezgu qadriyatlar bilan hamohangdir.
Hisob palatasi jamoasi ham davlat moliyaviy nazoratini samarali tashkil etish, budjet mablag‘larining oqilona va maqsadli sarflanishini ta’minlash orqali xalqimiz farovonligiga xizmat qilishni o‘zining muhim vazifasi deb biladi.
Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, fayzu baraka, mehr-oqibat va baxt-saodat tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, qalblarimiz mehrga to‘lsin!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_552cbbaafc5ca2676ab46af1.jpg)
Davlat idoralarida ijro intizomiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar boshlandi
818
13.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_939e71af7d3d9867f31d3d13.png)
MDH Oliy audit organlari davlat auditi sifati masalalarini muhokama qildi
943
04.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4be405c3ebc8066be568db85.jpg)
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”
2067
27.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_36b54f2b28999610ababf55d.jpg)
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi
786
20.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_bfe30f197bbbcf993183b25e.jpg)
Hisob palatasi vakili AQSH Federal rezerv tizimining xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi
829
21.07.2026