Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

13.07.2026

Davlat idoralarida ijro intizomiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar boshlandi

Hisob palatasi tashabbusi bilan 11 ta vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini muddatida va sifatli tashkil etish, vazirlik va idoralar xodimlarining sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda muntazam rivojlantirib borish maqsadida uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlari boshlandi.

Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimida ishlash va ijro intizomini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.


Tadbirlarda Hisob palatasi mas’ul xodimlaridan tashqari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi mutaxassislari, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad qonunchilik hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosining 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha holatini tahlil qilish, mavjud muammolarni muhokama etish hamda yilning ikkinchi yarim yilligida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.


Tadbir davomida davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini ta’minlash sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Prezident farmonlari va qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, ishtirokchilarga “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro natijalarini yetarlicha asoslangan ma’lumotlar bilan rasmiylashtirish, ijroni samarali nazorat qilish hamda amaliyotda uchrayotgan kamchiliklarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.


Seminar yakunida 2026 yilning ikkinchi yarim yilligida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash, ijro intizomi ustidan kundalik nazoratni kuchaytirish, rahbarlarni muntazam xabardor qilib borish hamda mas’ul tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.


Tadbirlar qolgan vazirlik va idoralarda 28 iyulga qadar davom etadi.

img-0
img-1img-2