04.06.2026
MDH Oliy audit organlari davlat auditi sifati masalalarini muhokama qildi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo mamlakatlar Oliy audit organlari vakillari ishtirokida onlayn formatda ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston va O‘zbekiston Hisob palatalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Hamdo‘stlikka a’zo Oliy audit organlari o‘rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlash, davlat auditi sohasida ilg‘or tajribalar almashish hamda xalqaro standartlarni qo‘llash bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirishga qaratildi.
Uchrashuv davomida tashqi davlat auditi jarayonlarida so‘rovnomalar o‘tkazish metodologiyalarini takomillashtirish, audit natijalarining ishonchliligi va ta’sirchanligini oshirish, shuningdek, audit faoliyatida sifat nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, davlat auditining xalqaro standartlari tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblangan “Audit sifatini boshqarish standarti” (ISSAI 140)ni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishtirokchi davlatlarning tajribasi va yondashuvlari ko‘rib chiqildi.
Ushbu standartning samarali qo‘llanilishi audit jarayonlarining shaffofligi, xolisligi va natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Qozog‘iston Oliy audit palatasi tomonidan davlat auditorlari motivatsiyasini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.
Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi tomonidan davlat auditi maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish metodologiyasi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Qirg‘iziston Hisob palatasi esa “Audit sifatini boshqarish standarti”ni joriy etish amaliyoti bo‘yicha taqdimot qildi.
Tadbir ishtirokchilari davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish, audit faoliyatiga zamonaviy usul va mexanizmlarni keng joriy etish hamda Oliy audit organlari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini yanada faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida davlat auditi sohasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashishni kengaytirish hamda MDH mamlakatlari Oliy audit organlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xalqaro hamkorlik doirasida davlat auditi tizimini takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va joriy etish hamda Oliy audit organlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirmoqda.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
1577
23.11.2025
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi bo‘lib o‘tdi
1562
04.09.2025
Hisob palatasida davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan vebinar o‘tkazildi
1447
27.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f9a7b488532e6edb6dfa44f0.jpg)
Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi
1175
12.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_519f84e6d70efa9488c3aa86.jpg)
Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining auditi
2769
01.10.2025