O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili X. Sodiqov AQSH Federal rezerv tizimi (Markaziy banki) tomonidan tashkil etilgan "Risklarga yo‘naltirilgan nazorat va risklarni baholash" mavzusidagi xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi.
21.07.2026
Hisob palatasi vakili AQSH Federal rezerv tizimining xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi

Ushbu o‘quv dasturi 2026-yilning 13-16-iyul kunlari AQSH poytaxti Vashington shahrida Federal rezerv tizimi Boshqaruv kengashi huzuridagi dastur doirasida tashkil etildi. AQSH tomoni tomonidan ishtirokchilar xalqaro saralash jarayonlari asosida tanlab olindi.
Seminarning asosiy maqsadi bank nazoratini risklarga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etish, moliyaviy institutlarda risklarni kompleks baholash hamda risklarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Dastur soha ekspertlari ma'ruzalarini bank sektoridagi chuqur amaliy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirdi. Ishtirokchilar guruhlarda ishlab, institutsional ma'lumotlarni tahlil qildilar hamda ustuvor risklarni baholashni o‘rgandilar.
O‘quv dasturi davomida ishtirokchilar kredit, likvidlik, bozor va operatsion risklarni baholash usullari, ichki va qoldiq risklarni tahlil qilish, risklarni boshqarish tizimini baholash, off-site va on-site nazorat jarayonlarini amaliy keyslar asosida o‘rganish, shuningdek, banklar faoliyati yuzasidan kompleks risklarni baholash xulosalarini tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
Hisob palatasi vakili tomonidan ushbu idorada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, auditni xalqaro standartlar asosida olib borish hamda davlat moliyaviy tizimini raqamlashtirish bo‘yicha tematik taqdimot namoyish etildi.
Mazkur xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etish Hisob palatasida risklarga yo‘naltirilgan audit va nazorat yondashuvlarini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish hamda moliyaviy risklarni baholash va tahlil qilish bo‘yicha institutsional salohiyatni mustahkamlashga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/508114cc-8816-0920-e9a8-bf1ccde7c6ce.jpg)
Prezidentga moliyaviy nazorat rejalari bo‘yicha axborot berildi
1839
19.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
854
28.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4be405c3ebc8066be568db85.jpg)
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”
2067
27.11.2025
Xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar
2940
20.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6dbf9d59be56ce0e09bd0967.jpg)
Tijorat banklarida muammoli kredit qarzdorliklari masofaviy auditdan o‘tkazildi
2416
17.09.2025