Joriy yilning 30-yanvar kuni Hisob palatasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha “Xalqaro audit standartlari asosida auditni tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Xalqaro audit standartlari asosida auditni tashkil etish mavzusida amaliy seminar

Unda 140 nafar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Hisob palatasi raisi o‘rinbosarlari A. Allaberganov va S. Mirzayev davlat budjeti mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash hamda davlat tashkilotlari samaradorligini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda, shuningdek, Hisob palatasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan auditning xalqaro standartlari xususiyatlari, risklarni baholash asosida auditni rejalashtirish, audit natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash xususida tematik taqdimotlar qilinib, tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.
Seminar interaktiv muloqot formatida tashkil etildi.
“Davlat auditi” dasturidan foydalanish borasida vazirlik va idoralarda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tomonlarni qiziqtirgan savol va amaliy takliflar eshitildi.
Hisob palatasi mas’ul xodimlari tomonidan mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ccd8c89371cd1a1162201006.jpg)
Chexiya Respublikasi delegatsiyasi vakillarining O‘zbekiston haqida fikrlari (Lusi Burianova, Veronika Trasakova)
24.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6f6323e95487361fe5d47b45.jpg)
XXV INKOSAI doirasida Hisob palatasi delegasiyasining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0c8f0cc87c67833802a261ec.jpg)
“O‘ZSUVTA’MINOT” AJ FAOLIYATI, ICHIMLIK VA OQOVA SUV TA’MINOTI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR HAMDA TASHQI QARZ LOYIHALARI AUDITI NATIJALARI
11.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_402babd323ce71f3d26c3149.jpg)
Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasining ijrosi
19.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9623634b7a56bd040278a664.jpg)
Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish
21.08.2025