16.07.2026
Hisob palatasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Hisob palatasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Hisob palatasida davlat rahbari tashabbuslari asosida davlat auditi tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni keng joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2026-yilning birinchi yarmida Hisob palatasi tomonidan 55 ta audit tadbiri o‘tkazilib, ularning 33 tasi masofaviy shaklda amalga oshirildi.
Davlat budjetining 2025-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi auditdan o‘tkazilib, 106,5 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar, davlat xaridlari sohasida 1,4 trln so‘mlik qonunchilik talablari buzilishi hamda 123,9 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliq manbalari aniqlandi.
Audit tadbirlari natijasida 1,5 trln so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlanib, 2,3 trln so‘m maqbullashtirildi, 20,1 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlarning oldi olindi va budjetga 266,2 mlrd so‘m undirildi. Shuningdek, 1,6 trln so‘mlik qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lov manbalari aniqlanib, ularning 556 mlrd so‘mi budjetga undirildi. Davlat xaridlari sohasida 9,1 trln so‘mlik qonunchilik talablari buzilgan holatlar ma’lum bo‘ldi.
Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi tomonidan 6 oy davomida 27,1 trln so‘mlik risklar aniqlanib, 8 trln so‘mlik risklar bartaraf etildi va 90 mlrd so‘mlik kamchiliklarning oldi olindi.
“Masofaviy audit” axborot tizimida sun’iy intellektdan 5 ta yo‘nalishda foydalanish jarayonlari avtomatlashtirilib, 107 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi. Ayni paytda tizimdan 200 dan ziyod tashkilotning 1000 nafarga yaqin mas’ul xodimi foydalanmoqda.
Davlat auditida raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishni yanada kengaytirish maqsadida 2026-yil 6-iyul kuni tegishli Prezident Farmoni imzolandi. Hujjat bilan Hisob palatasida “Sun’iy intellekt laboratoriyasi”ni tashkil etish, zamonaviy raqamli modullarni joriy qilish, budjet intizomi reytingini yuritish va davlat auditi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Hisob palatasi xalqaro hamkorlikni izchil kengaytirmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida Ozarbayjon, Sloveniya va Xitoy oliy audit organlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirildi. 22–23-may kunlari Toshkent shahrida yosh auditorlarning xalqaro konferensiyasi o‘tkazilib, unda 30 dan ziyod mamlakatdan 50 nafardan ortiq yosh auditor ishtirok etdi.
2026-yilning ikkinchi yarmida budjet xarajatlarining samaradorligi va qonuniyligini ta’minlash, davlat daromadlarining to‘liqligi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda davlat auditida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_78cade577a5ccddd4f46c3e3.jpg)
Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
445
09.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_917e73b3b80a3f68bc1183f9.jpg)
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
2304
28.09.2025
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
62
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_170e3a8159c26d0bb4e46f28.jpg)
Sport vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
1896
06.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f4f3b1571a3018a40ef3acd.jpg)
“Sun’iy intellekt texnologiyalari davlat auditi sohasini intellektual rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqadi”
1080
26.05.2026