26.03.2025
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari munosabatlari tarixining yangi sahifasi
Joriy yilning 26 mart kuni Vengriya Davlat audit idorasi raisi Laslo Vindish boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – idoralar o‘rtasida davlat tashqi auditi sohasida tajriba almashish, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash.
Ma'lumot o‘rnida: Vengriya Davlat audit idorasi (State Audit Office of Hungary) – Milliy Majlis (Parlament) tarkibidagi oliy moliyaviy nazorat organi hisoblanadi. U 1870 yilda tashkil etilgan. Siyosiy va professional jihatdan mustaqil idora. INTOSAI, YeVROSAI kabi xalqaro tuzilmalarning Boshqaruv kengashiga a'zo.
Ikki tomonlama hamkorlikka 2024 yilda Budapesht shahrida asos solingan edi. Ushbu tashrif davomida O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlarining Maslahatlashuv kengashi tuzilib, birinchi maslahatlashuv uchrashuvini Samarqand shahrida o‘tkazishga kelishilgan.
Aytish lozimki, bu Yevropa Oliy audit organi rahbarining birinchi O‘zbekistonga tashrifi hisoblanadi. Tashrif doirasida Laslo Vindish boshchiligidagi delegasiya Hisob palatasida bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidagi transformasiyalar va raqamlashtirish” mavzusida davra suhbatida ishtirok etdi. Vengriya tomoni Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Delegasiya a'zolariga Hisob palatasi tomonidan audit jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish va raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan transformasiya jarayonlari haqida ma'lumot berildi.
Tashrif doirasida Laslo Vindish Oliy Majlis Senati raisi T. Narbaeva va Qonunchilik palatasi spikeri N. Ismoilov bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida o‘rnatilgan ko‘p yillik do‘stlik va birodarlik aloqalariga hamda ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekistondagi islohotlar, yaqin qo‘shnichilik hamda xalqaro darajadagi ochiq va pragmatik tashqi siyosat Laslo Vindish tomonidan qayd etildi. Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, ikki davlat yetakchilarining sa'y-harakatlari bilan rivojlanib borayotgan strategik munosabatlar va ularning istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida, shuningdek, Vengriyaning eng yirik tijoriy banklaridan biri bo‘lgan “OTP” bankining sarmoyasi ishtirokidagi “Ipotekabank” markaziy ofisiga ham tashrif amalga oshirildi.
“OTP” bankining O‘zbekistondagi vakillari mamlakatimizda xorijiy sarmoyalar uchun qulay yaratilgan sharoitlar va iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur'atlarini qayd etdi.
Vengriya delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_24c7bc6272f538286fe1870d.jpg)
Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar
662
11.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0fa685a4e647ef387514293b.png)
Suv xo‘jaligi vazirligida “Situasion markaz” ishga tushirildi
53
15.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
24
14.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_136b917c43f48488726efcc4.jpg)
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash holati tahlil qilindi
302
23.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_01897bf9acd5acd91ed6bcac.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar
33
29.07.2025