Hisob palatasining 2024 yil yakunlari bo‘yicha brifingi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Hisob palatasi tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Hisob palatasida amalga oshirilgan tizimli ishlar va transformatsion jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil davomida Hisob palatasi tomonidan ilg‘or xalqaro tajriba asosida auditning samaradorlik, muvofiqlik, moliyaviy, strategik va IT standartlari hamda ularni o‘tkazish qo‘llanmalari ishlab chiqildi, 33 ta idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Raqamlashtirishni jadallashtirish maqsadida Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi faoliyati, moliyaviy nazorat tadbirlarini nazorat qilishga qaratilgan “Davlat auditi” axborot tizimi yanada tizimlashtirildi.
Masofaviy nazorat markazida 98 ta vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvi bo‘yicha kelishuvlar tasdiqlandi.
Davlat Rahbarining 2024 yil 16 yanvarda bergan topshiriqlariga asosan, Hisob palatasi va Bosh prokuratura tomonidan byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oluvchi 12 ta vazirliklarda byudjet intizomini kuchaytirish, xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha doimiy nazorat olib borildi.
Ushbu vazirliklarda byudjet intizomini onlayn nazoratini amalga oshiruvchi “Situatsion markazlar” tashkil etilib, Hisob palatasining “Masofaviy audit” va “Monitoring portali” axborot tizimlariga ulandi hamda ularga mas’ul xodimlar doimiy biriktirildi.
Nazorat ishlarining yillik dasturiga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan 60 ta nazorat tadbirlari, shuningdek hududlar va sohalar bo‘yicha 45 ta tematik va amaliy yordam tadbirlari o‘tkazildi.
Buning natijasida 9,2 trln so‘m byudjet xarajatlari maqbullashtirilib, 4,5 trln so‘m qo‘shimcha daromad manbalari aniqlandi hamda 419 mlrd so‘mlik ortiqcha xarajatlar bartaraf etildi.
2025 yilda ham Hisob palatasi tomonidan byudjet intizomini kuchaytirish, byudjetdan samarasiz xarajatlarni barvaqt oldini olish*,* byudjetga qo‘shimcha daromadlarni ko‘paytirish*,* tushumlar to‘liqligini ta’minlash va tizimli muammolar yechimini topish yo‘nalishida ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4e5e94d31f5bcec320360868.jpg)
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
29.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_8f3d31eebeccb5adf251c2a4.jpg)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi
21.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ff8c6fb7e81fe4fbfa8b6af2.jpg)
HUDUDIY IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI IJROSI TAHLILI NATIJALARI
13.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0209e740fd8485c962029a4d.jpg)
Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi vazifalar belgilandi
25.06.2026