Hurmatli vatandoshlar!
28.08.2026
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi nomidan Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — bu, avvalo, xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, erkin va farovon hayot qurish, milliy qadriyatlarimiz va buyuk tariximizga tayangan holda kelajak sari dadil qadam tashlash huquqidir.
Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy yangilanishlar mamlakatimizning salohiyatini yanada yuksaltirib, xalqimiz uchun munosib hayot barpo etishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim tayanchlaridan biri — davlat mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatni yanada kuchaytirishdir. Hisob palatasi jamoasi ham o‘z faoliyati orqali davlat moliyaviy resurslarining xalq manfaatlariga xizmat qilishi, ulardan samarali va maqsadli foydalanilishiga munosib hissa qo‘shishni o‘zining muhim vazifasi deb biladi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz.
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonning yorug‘ kelajagi yo‘lida barchamizga ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Hisob palatasi jamoasi.

Boshqa yangiliklar
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
2084
11.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f2c9070d2242885f9225127.jpg)
Veterinariya va chorvachilik sohasida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar: Muammolar va yechimlar
1327
17.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4979012c10f64bf739f3580b.jpg)
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
788
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ee962a7c2d66d5f7c92315c1.png)
Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2493
14.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d97b629d89df728616b8969a.jpg)
Latviyada Oliy audit organlari ishtirokida yuqori darajadagi forum bo‘lib o‘tdi
558
17.08.2026