26.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston Hisob palatalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lmoqda. Tashrif doirasida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvlarda Hukumatlar, Parlamentlar va idoralar darajasidagi faol va yaqin aloqalar rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ham yuqori dinamikadi rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston va Tojikiston Hisob palatalari o‘rtasida 2021 yilda Hamkorlik memorandumi imzolangan.
Hozirda ikki davlat Hisob palatalari INTOSAI, AZOSAI, EKOSAI, MDH va Shanxay hamkorlik tashkiloti Oliy audit organlari kengashlariga a'zo hisoblanadi.
So‘nggi yillarda Tomonlarning kengaytirilgan delegasiyalari o‘rtasida Rossiya, Hindiston, Turkiya, Qozog‘iston, Misrda uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.
2025 yilning 27-31 oktyabr' kunlari Misrning Sharm ash-Shayx shahrida XXV INTOSAIning Kongressi doirasida MDH davlatlari Oliy audit organlari rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uning doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev va Tojikiston Respublikasi Hisob palatasi raisi J. Karimzoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025 yilning 15-16 aprel kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining navbatdagi 7-uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzaev ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston tomoni davlat nazoratini kuchaytirish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.
Undan avval, ikki Tomon delegasiyalari Hindistonning Lakxnau shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining
VI yig‘ilishida ishtirok etgan. Uchrashuv “Yangi texnologiyalarning audit jarayoniga integratsiyalashuvi” masalalariga bag‘ishlangan edi.
Ikki idora auditorlari, shuningdek, Toshkent, Ostona, Bishkek, Istanbul, Oslo, Nankin va kabi shaharlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘quv kurs va treninglarda birgalikda ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashgan.
O‘zbekiston va Tojikiston Hisob palatalari davlat auditi metodologiyalarini tizimli o‘rganish va xalqaro audit standartlarini joriy qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Bundan keyin ham O‘zbekiston va Tojikiston Oliy audit organlari ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirmoqda.
O‘zaro hamkorlik doirasida olingan bilim va tajribalar ikki do‘stona va birodar mamlakatda davlat moliyaviy nazoratini xalqaro andozalar darajasida taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5785c42af1eef004a8853e95.png)
Hisob palatasi va ASSA tashkiloti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
648
25.01.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d3f055e2138c042630c9c321.jpg)
Prezidentga raqamli texnologiyalar sohasidagi rejalar taqdimot qilindi
1639
30.06.2025
Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
212
09.03.2026
Latviyalik auditorlar tomonidan Hisob palatasida treninglar o‘tkazildi
968
27.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3b32a000cc64b771c8aababd.jpeg)
BAYRAM TABRIGI
154
19.03.2026