04.05.2026
Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro loyihalar samaradorligi muammolari
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va aholiga tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari ishtirokida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan 2025-yilning iyun oyida o‘tkazilgan masofaviy audit natijasida ushbu jarayonlarda qator jiddiy muammolar mavjudligi qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbuskorligida qiymati 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 15 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalarning aksariyat qismi amalga oshirilishi 2020–2024-yillarda boshlangan bo‘lsa-da, 2025-yil 1-aprel holatiga qarz mablag‘larining atigi 28,5 foizi o‘zlashtirilgan.
Ya’ni, mablag‘larning 71,5 foizi audit o‘tkazilgan davrga qadar o‘zlashtirilmaganligi, shundan 5 ta loyiha bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish umuman boshlanmagani jiddiy xavotir uyg‘otadi.
Misol uchun, 2021-yilda Koreya Eksimbanki bilan imzolangan bitim bo‘yicha “Milliy onkologiya markazini barpo etish” loyihasi (125 mln dollar) doirasida mablag‘larni o‘zlashtirish boshlanmagan.
Shuningdek, ayrim loyihalarda o‘zlashtirish sur’ati nihoyatda past, ya’ni 2021–2022-yillarda imzolangan bitimlar doirasida mablag‘larning atigi 2,5 foizi ishlatilgan.
O‘tkazilgan audit tahlillari loyihani amalga oshirishda qator tizimli kamchilik va muammolarni ochib berdi:
• Strategik rejalashtirish yetishmaydi — sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq va uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilmagan;
• Loyihada jalb etilgan konsultantlar faoliyati samarasiz — ularning javobgarligi aniq belgilanmagan, natijada ishlar sifatsiz bajarilmoqda;
• Loyihalarda muvofiqlashtirish past — investitsiyalarni o‘zlashtirishda tizimli yondashuv yetishmaydi.
Ta’kidlash joizki, auditda qayd etilgan eng salbiy holatlardan biri — tibbiy jihozlardan samarasiz foydalanilishiga yo‘l qo‘yilishidir.
2018–2024-yillarda 649 ta tibbiyot muassasasiga 165,2 mln dollarlik 15,9 ming dona tibbiy uskuna yetkazib berilgan. Ammo ularning 7,2 foizi (1,1 ming dona) amalda foydalanilmasdan kelinmoqda.
Buning asosiy sabablari:
• uskunalar uchun mos binolar tayyor emas;
• jihozlar to‘liq o‘rnatilmagan;
• texnik nosozliklar mavjud;
• malakali mutaxassislar yetishmaydi;
• zarur reagentlar mavjud emas.
O‘tkazilgan audit natijasi bo‘yicha tibbiyot sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish va loyihalar samaradorligini oshirish uchun quyidagi choralar taklif etildi:
• konsultantlar bilan shartnomalarda javobgarlik va jarima mexanizmlarini kuchaytirish;
• sog‘liqni saqlash sohasini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
• foydalanilmayotgan tibbiy jihozlarni tezkor ravishda ishga tushirish;
• investitsiyalarni o‘zlashtirish jarayonida qat’iy nazorat o‘rnatish.
Audit jarayonida sohada qayd etilgan muammolar va aniqlangan kamchiliklar loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklariga tegishli ko‘rsatmalar yuborildi.
Xulosa qilinganda — sog‘liqni saqlash sohasiga jalb etilayotgan yirik miqdordagi xalqaro mablag‘larni samarali boshqarish, aniq rejalashtirish va ijro mas’uliyatini kuchaytirish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Aks holda, bu investitsiyalar kutilgan ijtimoiy samarani bermasdan, samarasiz sarflanish xavfi saqlanib qoladi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3b98dc6e112c5d12b0144592.jpg)
Hisob palatasi O‘zbekiston Auditorlar palatasini 25 yillik yubileyi bilan tabrikladi
2764
13.12.2025
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
716
25.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_34ca8b5cd7ed4a66ac391b33.jpg)
Qirg‘izistonlik auditorlar: “Toshkentdagi konferensiya yangi davrni boshlab beradi”
590
25.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_680bb03e6d39f8b181bae313.jpg)
Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi
878
30.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f4f3b1571a3018a40ef3acd.jpg)
“Sun’iy intellekt texnologiyalari davlat auditi sohasini intellektual rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqadi”
1555
26.05.2026