Toshkent shahrida “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
21.05.2026
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tantanali ravishda ochildi
Mazkur nufuzli xalqaro tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, Hisob palatasi tashabbusi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi va davlat auditi sohasida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt hamda zamonaviy tahlil vositalarini joriy etish bo‘yicha xalqaro muloqot maydoniga aylandi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev ishtirokchilarni qutlar ekan, mazkur konferensiya davlat auditi sohasidagi amaliyotchilar va ilmiy hamjamiyat uchun muhim tarixiy voqea bo‘lishini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlovi va e’tibori ostida o‘tkazilmoqda. Davlat rahbari tadbir ishtirokchilarini “mening aziz mehmonlarim” deya e’tirof etib, ularga samimiy tilaklarini yo‘llagani ma’lum qilindi.
Tadbirda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq davlatlarining oliy audit organlari delegatsiyalari ishtirok etmoqda. Jumladan, Xitoy, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Ozarbayjon, Armaniston, Bangladesh, Butan, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ummon, Pokiston, Vengriya, Latviya va Chexiya davlatlaridan kelgan vakillar konferensiya qatnashmoqda.
Shuningdek, tadbirda Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda xalqaro audit va konsalting sohasining yetakchi tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman davomida davlat boshqaruvida raqamli transformatsiya jarayonlari, audit sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, katta hajmli ma’lumotlarni tahlil qilish, masofaviy audit tizimlari, avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlari va kiberxavfsizlik kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Konferensiya “Axborot texnologiyalari auditi: raqamli muhitda axborot tizimlarini baholash, risklarni boshqarish va nazorat mexanizmlari” hamda “Davlat auditida katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda mavjud muammolar va innovatsion yechimlar” mavzulariga bo‘lingan ikkita parallel sessiyalarda davom etdi.
Ta’kidlanganidek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bugungi kunda davlat boshqaruvi va audit tizimini tubdan o‘zgartirmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ham davlat xizmatlarini raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash va samaradorlikni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya natijalari ham taqdim etildi. Xususan, mamlakatimizda audit jarayonlariga Big Data tahlili, mashinali o‘qitish algoritmlari va risklarga asoslangan masofaviy audit mexanizmlari joriy etilgani ma’lum qilindi.
Bugungi kunda Hisob palatasida 817 ta axborot tizimi modullari ishga tushirilgan bo‘lib, 55 ta yo‘nalish bo‘yicha 80 turdagi risk-tahlillar avtomatik amalga oshirilmoqda. Shuningdek, davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi va shartnoma ijrosi bilan bog‘liq risklarni aniqlashga xizmat qiluvchi “HP-AI Audit-Assistant” sun’iy intellekt platformasi ishga tushirilgani qayd etildi.
Konferensiya ishtirokchilari ikki kun davomida ilg‘or xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashish, audit sohasida yangi yondashuvlarni muhokama qilish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
E’tiborlisi, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tarixida AZOSAI va INTOSAI doirasida davlat auditida raqamlashtirish va sun’iy intellekt mavzusiga bag‘ishlangan shunday keng qamrovli xalqaro formatda ilk bor tashkil etilmoqda.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5282abf77b9ecc34e2f5ed10.jpg)
Butan Qirolligi Oliy audit muassasasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi
1013
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ac49502bc80d719a22ecdfd2.jpg)
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
693
03.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6dbf9d59be56ce0e09bd0967.jpg)
Tijorat banklarida muammoli kredit qarzdorliklari masofaviy auditdan o‘tkazildi
2415
17.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_84978c94c7dc24317a6a15f8.jpg)
Hisob palatasining 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha brifing
2711
05.11.2025
Turkiya Hisob sudi tomonidan risklarni boshqarish mavzusida onlayn o‘quv treninglari o‘tkazildi
792
25.12.2025