05.11.2025
Hisob palatasining 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha brifing

Joriy yilning 23 iyul' kuni Davlatimiz Rahbari Hisob palatasining faoliyati hamda ijro tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimot jarayonida endilikda Hisob palatasi faqat nazorat qiluvchi emas, balki byudjet intizomiga ko‘maklashuvchi va xulosa beruvchi idoraga aylangani ta'kidlandi.
Shu bois asosiy e'tibor moliyaviy intizom buzilishining oldini olish, buning omillarini tahlil qilishga qaratilmoqda.
Mamlakatimizning milliy iqtisodiyoti izchil o‘sib bormoqda. Shunga mutanosib ravishda davlat xarajatlari so‘nggi 8 yil davomida 6 barobarga oshgan.
Bu, o‘z navbatida, moliyaviy nazorat ko‘lami va ish hajmini ham oshiradi. Buni qamrab olishning samarali va ishonchli yo‘li – raqamlashtirish.
Shuning uchun, Hisob palatasida raqamli transformasiya jarayonlariga xalqaro standartlar asosida ustuvor e'tibor qaratilmoqda.
Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimida 35 ta yo‘nalishda 75 tasi avtomatik risk-tahlillarni amalga oshirish tashkil etilib, shundan 53 tasi ishga tushirildi.
Hisob palatasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Masofaviy audit” axborot tizimida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha sun'iy intellektdan foydalanish jarayonlari avtomatlashtirildi va ishga tushirildi.
Hisob palatasida yaratilgan ushbu katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi orqali real vaqt rejimda byudjet mablag‘lari sarfining qonuniyligi, maqsadliligi va samaradorligini monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
“Masofaviy audit” axborot tizimi orqali aniqlangan risklar asosida 8,9 trln so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi. Jumladan, 840 mlrd so‘mlik kamchiliklarning barvaqt oldi olindi.
Byudjet xarajatlari mablag‘larini iqtisod qilish, maqbullashtirish va qo‘shimcha daromadlarni aniqlash maqsadida Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament o‘rtasida qo‘shma qaror qabul qilindi.
Tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchi 22 ta vazirlik va idoralarda amaliy ishlar hozirda olib borilmoqda.
2025 yilning 9 oyida jami 73 ta, shundan III chorakda 26 ta audit tadbirlari joyiga chiqqan holda va masofaviy tarzda o‘tkazildi. O‘tkazilgan audit natijalari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 131 ta ko‘rsatmalar kiritildi.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishi
Hisob palatasining faoliyatini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish borasida xorijiy Oliy audit organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan:
– Xitoy Oliy audit organi bilan Kelishuv imzolanib, audit standartlari bo‘yicha axborot almashinuvi hamda sun'iy intellektdan foydalanish tajribasi o‘rganiladi;
– O‘zbekiston Hisob palatasi hamda Vengriya va Turkiya Oliy audit organlari Maslahatlashuv kengashiga asos solindi. Har yili 5-10 nafar Hisob palatasi xodimlarini Turkiya Oliy audit organi qoshidagi O‘quv markaz va Xitoyning Nankin audit universitetiga ta'lim olish uchun yuborishga kelishildi;
– 9 oy ichida Hisob palatasining auditorlari Avstriya, Shveysariya Konfederatsiyasi, Norvegiya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Filippin kabi mamlakatlarda o‘zlarining malakalarini oshirdi;
– Joriy yilning 27-31 oktyabr' kunlari Misrda Xalqaro Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti INTOSAI ning 3 yilda bir marotaba bo‘ladigan Kongress bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi delegasiyasi ishtirok etib, qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazdi. Jumladan, Xitoy, Vengriya, Saudiya Arabistoni, BAA, Slovakiya, Chexiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlar munosabatlar yangi formatga o‘tkazildi. Qozog‘iston Oliy audit organi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Qolaversa, Kongress doirasida O‘zbekiston Hisob palatasi MDH ga a'zo davlatlar Oliy audit organlari kengashi doirasida raislikni qabul qilib, «Davlat auditi jarayonlarida raqamli transformasiya: risklar, imkoniyatlar va innovasion yo‘ndashuvlar» mavzusidagi xalqaro anjumanni tashkil qildi.
9 oylik faoliyatga tegishli ma'lumotlar shulardan iborat edi. Byudjet xarajatlarining samaradorligi va qonuniyligini ta'minlash hamda tushumlar to‘liqligi ustidan nazorat ishlari Hisob palatasi tomonidan bundan keyin ham davom ettiriladi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_10eb4852592b5a4e932300da.jpg)
BAYRAM TABRIGI
171
28.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_48566d33c405db9a740c1a5d.jpg)
BAYRAM TABRIGI
123
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_186f354188813d2f30c91e61.jpg)
XXV INKOSAI kun tartibida sun'iy intellekt texnologiyalarini auditda qo‘llash masalalari
335
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b43949509c1dc7d3a9cb6c70.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar
194
20.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b956bf7e32c309ae4b47be5b.jpg)
Raqamli texnologiyalar vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi bo‘yicha yig‘ilish
197
30.07.2025