Prezident Farmoni bilan inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan yettita milliy dasturning — ta’lim, soğliqni saqlaş, yuqori texnologiyali iqtisodiyotga ötiş, suvdan oqilona foydalaniş va qonun ustuvorligini mustahkamlaş kabi sohalarni qamrab oluvçi maqsadli körsatkiçlari hamda 2027–2031-yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Ularning ijrosi ustidan tizimli monitoring olib boriş Hisob palatasining davlat dasturlari auditi böyiça qonuniy vakolatlari doirasida belgilangan.
20.11.2026
2027–2031 yillarga möljallangan milliy dasturlar: Hisob palatasi nazorati va 2027-yil uçun takliflar
2026-yil 9-oylik monitoring natijalari
Hisob palatasi umumiy qiymati 49,1 trln sömlik 10 897 ta infratuzilma loyihasi ijrosini tahlil qildi.
Natijada 3 085,8 mlrd sömlik 266 ta obyekt belgilangan muddatda foydalanişga topşirilmagani aniqlandi:
· 1-sentyabrgaça topşirilişi kerak bölgan 213 ta ta’lim obyekti (2 579,0 mlrd söm) — 89 ta maktab, 9 ta ixtisoslaştirilgan maktab, 65 ta boğça va 50 ta OTM;
· 1-oktyabrgaça tuşirilişi kerak bölgan 53 ta issiqlik ta’minoti obyekti (506,8 mlrd söm).
Ayrim obyektlar böyiça loyiha-smeta hujjatlarining tayyor emasligi va buyurtmaçi taşkilotlar öz vaqtida belgilanmagani sababli moliyalaştiriş keçikib oçilgan, bu esa obyektlarni foydalanişga topşiriş muddatlari keçikişi xavfini yuzaga keltirmoqda.
2027-yil loyihasi: reyestr, mezon va yagona tartib yöq
2027-yilgi infratuzilmani rivojlantiriş dasturi loyihasiga köra 1 436 ta obyekt uçun 21,8 trln söm, şundan 336 tasi yildan-yilga ötuvçi va 1 100 tasi yangidan boşlanuvçi obyektlardir.
· 2027-yilgi Ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturiga kiritiş uçun taklif etilayotgan loyihalarning dastlabki manzilli röyxati tasdiqlanmagan.
· Obyektlarning yagona reyestri, sohaviy tanlaş mezonlari va baholaş usullarini işlab çiqiş hamda dasturlarni şakllantiriş töliq raqamlaştirilmagan.
· Ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça dasturlarni şakllantiriş, amalga oşiriş va monitoring qiliş uçun yagona talab va tartib belgilanmagan.
Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hokimliklarga quyidagi çoralarni körişni taklif qiladi:
· moliyalaştiriş oçilmagan va özlaştiriş sur’ati past loyihalarning foydalanilmayotgan limitlarini mablağni özlaştiriş imkoniyati mavjud obyektlarga qayta taqsimlaş hamda 2026-yilda topşirilmagan obyektlar qurilişini jadallaştiriş;
· mablağlarni birinçi navbatda yildan yilga ötuvçi obyektlarni yakunlaşga yönaltiriş va loyiha-smeta hujjatlari tayyor obyektlarni xatlovdan ötkaziş;
· loyihalarni tanlaş va investitsiyadan keyingi monitoring qilişning yagona tartibini joriy etiş, bunda dasturlarning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ustuvor obyektlarni xarajatlar va foyda tahlili (Cost-Benefit Analysis*) asosida baholaş;
· dasturlarni har bir obyektning «Özbekiston – 2030» strategiyasi körsatkiçlariga qöşadigan hissasi belgilangan manzilli portfel asosida şakllantiriş va barça jarayonlarni töliq raqamlaştiriş.
*Xarajat-foyda tahlili (Cost – Benefit Analysis) AQŞ va boşqa yetakçi davlatlar tomonidan işlatiladi.
Bunda, quriladigan obyekt uçun sarflanadigan mablağlar kelgusida (obyekt ekspluatatsiya davri davomida) qança bevosita va bilvosita foyda olib kelişi hisoblanadi.
Misol uçun, temir yöl ustidan yöl ötkazgiç quriş loyihasini amalga oşiriş natijasi tirbandlikning kamayişi, tejalgan vaqtning qiymati, avtomobil qatnovi va piyodalar ötişining oşişi, dvigateldan çiquvçi gazning kamayişi, uning ekologiyaga ta’siri, yöl-transport hodisalarining kamayişi kabi muhim hisob-kitoblar orqali baholanadi.
Budjet mablağlarining sarflanişini nazorat qiliş böyiça jahon tajribasi
Budjet mablağlarining ijroçilarga ötkazib berilişi obyekt öz vaqtida va moliyaviy yöqotişlarsiz topşirilişini hali kafolatlamaydi. Uşbu xatarlarni kamaytiriş uçun jahon amaliyotida loyiha va eskrou hisobvaraqlari mexanizmlari, şunindek, şartnomalarni bank tomonidan kuzatib boriş tizimi qöllaniladi.
Mazkur yondaşuvda buyurtmaçi, boş pudratçi va subpudratçilar örtasidagi hisob-kitoblar yagona bank infratuzilmasi orqali amalga oşiriladi. Har bir quriliş obyekti uçun alohida hisobvaraq oçiladi va bu ijroçilarning butun zanjiri böylab pul harakatini kuzatib boriş imkonini beradi.
Bunday nazorat vositalaridan Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya va Avstraliya (Project Bank Accounts tizimi), şunindek, Hindiston, Birlaşgan Arab Amirliklari va Italiyada foydalaniladi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1606ac7e2abc192c7af47e44.jpg)
Hisob palatasining 2025-yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi
1509
23.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9ea9a786478ca25f73bcfde0.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida topshiriqlar ijrosi yuzasidan audit o‘tkazildi
4036
04.10.2025
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
2630
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/7d1ec744-a4f3-2974-90f1-a482cd8e663b.jpg)
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik
4752
14.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ee962a7c2d66d5f7c92315c1.png)
Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2647
15.10.2025