24.04.2026
Sloveniya Hisob sudi rasmiy saytida Oʻzbekiston Hisob palatasi delegatsiyasining tashrifi yoritildi
Sloveniya Hisob sudi rasmiy veb-saytida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi rahbariyati bilan oʻtkazilgan uchrashuv va erishilgan kelishuvlarga bagʻishlangan batafsil axborot eʼlon qilindi.
Unda Oʻzbekiston va Sloveniya oliy audit institutlari oʻrtasida hamkorlik memorandumining imzolangani, davlat auditini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, raqamli transformatsiya, sunʼiy intellekt va masofaviy audit tizimlarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholangani qayd etilgan.
Shuningdek, Sloveniya Hisob sudi Prezidenti Jana Ahčin tomonidan Oʻzbekiston Hisob palatasi vakillari 2026-yil sentyabr oyida Sloveniyada boʻlib oʻtadigan V4+2 guruhi oliy audit institutlari yillik yigʻilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif etilgani maʼlum qilingan.
Maqolada, shuningdek, Sloveniya Hisob sudi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Senati hamda Samarqand viloyati rahbariyati bilan oʻtkazgan uchrashuvlari, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va davlat auditi sohasida ilgʻor tajriba almashishni kengaytirish masalalari ham yoritilgan.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ccfa3db3d276600090c5972.jpg)
BAYRAM TABRIGI
966
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1f567452fe47c7f8ae39d0fd.jpg)
Yaponiyada qurilish ishlarining davlat auditiga oid treninglar bo‘lib o‘tdi
1811
06.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_62ba9ea82783809349cbd37d.jpg)
Xitoyda ShHTga a'zo mamlakatlar yosh auditorlari uchun xalqaro seminar bo'lib o'tdi
2044
26.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_78cade577a5ccddd4f46c3e3.jpg)
Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
827
09.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/fbcf64f7-0444-c01a-bd7a-98fdaf65f692.jpg)
Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
1684
16.01.2025