Joriy yilning 25–26-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi Ijtimoiy soha auditi departamenti direktori Qudrat Gumbatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida ikki tomonlama tematik o‘quv seminar-trening tashkil etildi.
26.05.2026
O‘zbekiston va Ozarbayjon Hisob palatalari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, davlat auditi sohasida tajriba almashishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
Seminar-trening davomida davlat xaridlari sohasida tashqi davlat auditini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro metodologiyalarni joriy etish hamda raqamli texnologiyalar va zamonaviy axborot yechimlaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni davlat xaridlari tizimini isloh qilish, uning shaffofligini oshirish, raqobat muhitini kuchaytirish va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish ustuvor vazifalardan biri ekanligini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga, Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasining kameral va masofaviy nazoratda axborot manbalaridan samarali foydalanish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, audit natijalarini baholashda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakillari davlat xaridlarini audit qilish tizimi, nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro audit standartlarini amaliyotga joriy etish hamda raqamli transformatsiya va masofaviy nazorat usullarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ta’kidlash joizki, seminar-trening davomida tomonlar o‘zaro qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil fikr almashdilar hamda davlat xaridlari sohasida audit amaliyotiga oid savollarga to‘liq va asosli javoblar olindi. Bu esa ikki tomonlama hamkorlikning nafaqat do‘stona, balki amaliy va metodologik jihatdan ham samarali ekanini yaqqol namoyon etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi joriy yilning mart oyida Ozarbayjon delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan edi.
Seminar-trening yakunida tomonlar davlat xaridlari sohasida auditorlik faoliyati uchun risk mezonlarini muvofiqlashtirish hamda qo‘shma metodik tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_677681865e7ae457868e1370.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi jamoasi Turkiyadagi treninglarda ishtirok etdi
2437
06.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f87b4fc296af4898e3080957.jpg)
Turkiy davlatlar Oliy audit organlari taşkiloti (TURKSAI) ning Nizomi imzolandi
110
27.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4be405c3ebc8066be568db85.jpg)
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”
2067
27.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ee962a7c2d66d5f7c92315c1.png)
Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2493
14.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_33b8ea4c867488cde2ee6cda.jpg)
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
771
28.08.2026