O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
29.04.2026
Qashqadaryo viloyatiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-252-son Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Unda byudjet qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish, moliyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, mablag‘lardan foydalanishda xavflarni aniqlash va bartaraf etish, davlat xaridlari jarayonlarida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Seminarda viloyatdagi 502 ta mahalliy byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 1 000 nafardan ortiq mas’ul rahbarlari, moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, bosh hisobchilar, iqtisodchilar hamda komplayens va ichki audit xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hisob palatasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili etib tayinlangan — bosh inspektor J. Norov tomonidan kun tartibidagi masalalar, xususan, Prezident farmonining mazmun-mohiyati, sohada joriy etilayotgan yangi mexanizmlar hamda davlat auditi tizimidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Qayd etilganidek, 2026 yil 1 apreldan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Hisob palatasining vakili — bosh inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur lavozim davlat moliyaviy nazoratini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2026 yilda jami xarajatlari 7,2 trln so‘mni tashkil etib, xarajatlarning 2,9 trln so‘mi (41 foiz) sog‘liqni saqlash, 1,4 trln so‘mi (19,4 foiz) ta’lim, 432 mlrd so‘mi (6 foiz) investitsiya dasturlari hamda 2,5 trln so‘mi (33,6 foiz) boshqa sohalarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida qo‘shimcha 2,9 trln so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu moliyaviy resurslar ustidan nazoratni yanada kuchaytirishni talab etadi.
Seminar davomida “aniqlash emas, oldini olish” tamoyili asosida moliyaviy nazoratni kuchaytirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar va doimiy monitoring tizimlari orqali har bir byudjet mablag‘i ustidan kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilayotgani ta’kidlandi. Bu esa davlat mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini ta’minlash, shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3f9a058ed20c10183638ce10.png)
Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi: “O‘zbekiston Respublikasi bizda juda ijobiy taassurot qoldirdi.”
1122
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e982de687472fc803edf05cc.jpg)
2026-yil mahalliy budjetlarini muhokama qilishda Hisob palatasi xulosalari taqdim qilinmoqda
2637
28.12.2025
Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasiga ilk tashrif
3056
12.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_803e686b67c15fd40f124d27.jpg)
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati auditi yakunlari
1580
25.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d9d2a8f0c6cc6276efcf7f65.jpg)
Yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish auditi
1320
25.03.2026