O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi hamda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunlariga asosan, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazoratni Hisob palatasi amalga oshiradi.
15.04.2026
Siyosiy partiyalarning 2025-yildagi moliyaviy hisobotlari auditi

“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, siyosiy partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hamda partiyaga a’zolik badallari, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar hamda yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan beriladigan xayriya yordamlar hisobiga amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalarning ustavida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori Qonunchilik palatasi tomonidan o‘tkazilgan oxirgi saylovda ro‘yxatga kiritilgan fuqarolar sonidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ushbu mablag‘lar siyosiy partiyalar o‘rtasida ularning Qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan 2025-yilda moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan maqsadli foydalanishi yuzasidan moliyaviy audit o‘tkazildi.
Audit jarayonida daromadlarning qonunchilik talablariga muvofiq shakllanganligi, mablag‘larning maqsadli sarflanganligi hamda ularning moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilganiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, 2025-yilda siyosiy partiyalar jami 231,6 mlrd so‘m miqdorida daromadga ega bo‘lib, ularning 196,4 mlrd so‘mi (yoki 84,8 foizi) davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan, shuningdek 19,7 mlrd so‘mi (yoki 8,5 foizi) a’zolik badallari hamda 15,5 mlrd so‘mi (yoki 6,7 foizi) boshqa tushumlar hisobidan shakllangan.
Hisobot davrida siyosiy partiyalar tomonidan o‘z ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun jami 216,9 mlrd so‘m sarflangan bo‘lib, shundan 159,8 mlrd so‘mi (73,7 foizi) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga, 21,3 mlrd so‘mi (9,8 foizi) dasturiy vazifalar bilan bog‘liq xarajatlarga va 35,8 mlrd so‘mi (16,5 foizi) boshqa saqlash xarajatlariga yo‘naltirilgan.
Audit natijasida siyosiy partiyalar daromadlarining qonunchilik talablariga muvofiq shakllanganligi, mablag‘lar maqsadli sarflanganligi hamda moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligi qayd etildi.
Audit natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olish yuzasidan partiyalar siyosiy kengashlariga tegishli ko‘rsatma va takliflar, shuningdek Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun xulosalar taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dbc87cde76f1d257bb4de3b5.png)
Hisob palatasining birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha brifingi
2239
24.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_550c54469e351ab22bfbb2c9.jpg)
Aviatsiya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan aviakompaniyalar faoliyati auditi
1625
06.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f7ce4016a9a46726decf0a9.jpg)
“O‘zaeronavigatsiya markazi” faoliyati samaradorligi: tahlillar, muammolar va takliflar
782
16.06.2026
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan maqsadli indikatorlar bajarilishini o‘rganish natijalari
1882
15.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_bfe30f197bbbcf993183b25e.jpg)
Hisob palatasi vakili AQSH Federal rezerv tizimining xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi
829
21.07.2026