Hisob palatasi tomonidan siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda ularning xarajatlarini 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi audit va baholashdan o‘tkazildi.
14.04.2026
Siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda ularning xarajatlarini 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi audit va baholashdan o‘tkazildi

Siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazorat Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, siyosiy partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hamda partiyaga a’zolik badallari, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar hamda yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan beriladigan xayriya yordamlar hisobiga amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalarning ustavida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori Qonunchilik palatasi tomonidan o‘tkazilgan oxirgi saylovda ro‘yxatga kiritilgan fuqarolar sonidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ushbu mablag‘lar siyosiy partiyalar o‘rtasida ularning Qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Audit jarayonida siyosiy partiyalarning daromadlari qonunchilik talablariga muvofiq shakllanganligi, mablag‘larning maqsadli sarflanganligi hamda moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligi baholandi.
Hisobot davrida mablag‘lar asosan:
-partiyalarning ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ijro etuvchi apparatni saqlash xarajatlariga;
-partiya a’zolarining ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish va ko‘rgazmali targ‘ibot materiallarini nashr etishga;
-konferensiya va syezdlar o‘tkazish, partiya faollarini o‘qitish, seminar-treninglar o‘tkazish va saylovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga yo‘naltirilgan.
Audit yakunlari bo‘yicha partiyalarning moliyaviy hisobotlarida ayrim daromadlar va xarajatlar noto‘g‘ri aks ettirilganligi ko‘rsatib o‘tildi hamda aniqlangan kamchiliklar siyosiy partiyalar tomonidan bartaraf etilib, kelgusida oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.
Audit natijasi bo‘yicha siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun Hisob palatasining xulosalari taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar
Hisob palatasida davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan vebinar o‘tkazildi
1860
27.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3af55ca1330c5b2fda58e9b.jpg)
Asosiy kuch va e'tibor sharoiti og‘ir tuman va mahallalarga qaratiladi
1762
22.01.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_84978c94c7dc24317a6a15f8.jpg)
Hisob palatasining 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha brifing
2711
05.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0fa685a4e647ef387514293b.png)
Suv xo‘jaligi vazirligida “Situasion markaz” ishga tushirildi
4583
15.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fda3d31e7c9432290fb216c6.jpeg)
O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlari zamonaviy audit yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytiradi
506
18.09.2026