Hurmatli Vatandoshlar! Siz azizlarni bugungi quvonchli sana – Kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy samimiy muborakbod etamiz.
10.11.2025
Bayram tabrigi

Bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanayotgani barchamiz uchun ulkan ramziy ma'noga ega.
So‘nggi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimiz kasaba uyushmalari haqiqiy ommaviy fuqarolik institutiga aylandi va halqimiz orasida shuhrat qozondi.
Bugun kasaba uyushmalarimiz o‘z saflarida 8 millionga yaqin a'zoni birlashtirdi. Bu ulkan yutuqdir! Ular mehnatkashlarimizning huquq va manfaatlarni himoya qilish, tenglik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib qilish yo‘lida barchamizga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
Qolaversa, Yangi O‘zbekistonning kasaba uyushmalari ijtimoiy dasturlarimizni amalga oshirish, yoshlar bandligini ta'minlash, muhtarama ayollarimiz manfaatlarini himoya qilishda ulkan jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.
Mehnat munosabatlarini takomillashtirishda kasaba uyushmalari davlat idoralari bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganining barchamiz guvohimiz.
Hurmatli Hamyurtlar!
Siz azizlarni yana bir bor bugungi quvonchli kun – Kasaba uyushmalari kuni bilan tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, sharafli mehnatlaringizga yangi yutuqlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0093c92d36d935a326089843.jpg)
Yirik davlat korxonalarini raqamlashtirish yuzasidan vebinar
1377
29.01.2026
Strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
1589
12.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ee962a7c2d66d5f7c92315c1.png)
Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2491
14.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_84d7e8c8decd9e86ba1ef0bb.png)
Mudofaa vazirligida davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha muhokama o‘tkazildi
929
15.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c733748f82db1af1b56577bc.jpg)
Hisob palatasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
709
19.06.2025