20.05.2025
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-sonli Farmoniga asosan davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik birlashmalarining nazorat va ijro intizomiga mas'ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, Hisob palatasi tomonidan Nazorat inspeksiyasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 21 may kuni vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomi bo‘linmasi boshliqlari uchun “Ijro intizomini samarali tashkil etish, “Ijro.gov.uz” elektron tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Hududiy bo‘linmalar rahbarlari video-aloqa orqali ishtirok etdi.
Unda 100 dan ortiq mas'ullar bevosita hamda 500 ga yaqin vakil video-aloqa orqali qatnashdi.
O‘quv-amaliy seminar jonli muloqat formatida o‘tkazildi.
Seminar davomida barcha mas'ullar bilan yuzma-yuz suhbat bo‘ldi. 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan tizimli muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Bu borada mas'ul ijrochilarda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hamjihatlikda hal etish choralari belgilandi.
Shuningdek, “Ijro.gov.uz” elektron tizimiga sun'iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish, 10 ga yaqin davlat organlarining axborot tizimlarini integrasiya qilish hamda tizimni to‘liq modernizasiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi ta'kidlandi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_904fc7a9b80da744eac79b9e.jpg)
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi
3649
30.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_113bceb5093935cc3d2baa77.png)
Uzluksiz elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha xalqaro virtual seminar
1751
22.09.2025
Davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishga oid seminar
1097
23.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d344f2ca89bdb915f4f0e63e.jpg)
Hisob palatasi tomonidan xalqaro auditorlik standartlari asosida ilk bor moliyaviy audit o‘tkazildi
2569
01.09.2025
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
716
25.04.2026