Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

25.11.2026

Hisob palatasi xalqaro auditda ilk natijaga erişdi

Joriy yil 25-noyabr kuni Hisob palatasida Jahon bankining boş moliyaviy boşqaruv mutaxassisi Arman Vatyan boşçiligidagi missiya bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Hisob palatasi öz faoliyatini moliyaviy tekşirişlardan xalqaro standartlar asosidagi auditga qaratib, davlatning professional xulosa beruvçi audit organiga aylantirilgani ta’kidlandi. Hisob palatasiga xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditini ötkaziş vakolati berilib, ISSAI talablariga muvofiq moliyaviy audit qöllanmasi işlab çiqildi. Asosiy vazifa samarasiz xarajatlarning oldini oliş va har bir budjet sömining natijasini baholaş imkonini beruvçi samaradorlik auditiga ötişdir.

 

Bunda kadrlar salohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hisob palatasi oçiq tanlov asosida xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan va xalqaro kasbiy sertifikatlarga ega mutaxassislar bilan töldirilmoqda, auditorlar ACCA va PESA dasturlari asosida malaka oşirmoqda. Şuningdek, audit sifatini oraliq nazorat qiliş hamda davlat taşkilotlarining 300 ga yaqin ma’lumotlar bazasini birlaştirgan holda budjet xavflarini real vaqt rejimida monitoring qiliş tizimi joriy etilgani ma’lum qilindi.

 

Hisob palatasi tarixida ilk bor Jahon banki moliyalaştirgan «EduImkon» dasturining moliyaviy auditi ötkazildi. Bu audit Hisob palatasining xalqaro auditorlik taşkiloti bilan birgalikda ötkazgan ilk qöşma auditi ham böldi. Jahon banki vakillari uning natijalarini yuqori baholab, qabul qilganini tasdiqladi. Şuningdek, INTOSAI xalqaro standartlariga muvofiqlik böyiça baholaşning keyingi bosqiçlari belgilandi.

 

Hamkorlikdan közlangan maqsadlardan biri — Hisob palatasining Jahon banki moliyalaştiradigan loyihalar auditini ötkaziş uçun maqbul auditorlar röyxatiga kirişi. Birinçi qadam sifatida Hisob palatasi öz auditorlarining malakasi, audit sifatini nazorat qiliş tartibi va yakunlangan moliyaviy auditlar haqida ma’lumot taqdim etadi. Bank mutaxassislari röyxatdan törtta auditni tanlab, har biri qanday rejalaştirilgani, qanday dalillar töplangani va şu dalillar asosida qanday xulosaga kelinganini örganadi.

 

Loyihaning yana bir yönalişi — samaradorlik auditi. Bunday auditda, masalan, suv ta’minotiga ajratilgan mablağ hisobiga aholi suvni muntazam ola boşladimi, degan savol örganiladi. Jahon banki boşqa mamlakatlarning oliy audit organlaridan mutaxassislar jalb qilişga kömaklaşadi. Ular Hisob palatasining amaldagi uslubiy hujjatlarini örganib, tavsiyalar beradi. Keyingi bosqiçda xorijlik mutaxassislar va Hisob palatasi auditorlari Özbekistonda birgalikda samaradorlik auditlarini ötkazişi rejalaştirilgan.

 

Bu işlar Jahon banki boşqaruvidagi grant mablağlari hisobidan pilot loyiha sifatida amalga oşiriladi.

 

Jahon banki vakillari auditorlar xalqaro sertifikatlaş dasturlari böyiça öqişni davom ettirib, xalqaro kasbiy sertifikatlarga ega bölişini tavsiya etdi.

 

Uçraşuvda takliflarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilinib, pilot loyihalarni boşlaş va Hisob palatasining maqbul auditorlar röyxatiga kirişi böyiça baholaş tartibi kelişib olindi.

 

Bu maqom Hisob palatasiga Jahon banki mamlakatimizda moliyalaştirayotgan loyihalarning moliyaviy auditini mustaqil ötkaziş imkonini beradi.

 

Tomonlar 2027-yilda Jahon bankining natijaga asoslangan moliyalaştiriş (PforR) dasturlari auditlarini davom ettirişga kelişib oldi.

img-0
img-1