Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

13.11.2026

Hisob palatasi 2027-yil budjeti samaradorligini oşirişga qaratilgan yondaşuvlarni kuçaytiradi

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda 2027-yilga möljallangan Davlat budjeti loyihasi muhokama qilindi. 

Loyihada iqtisodiy ösişni ta’minlaş, davlat moliyasi barqarorligini saqlaş va ijtimoiy sohalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan asosiy körsatkiçlar belgilangan.


Hisob palatasi mazkur budjet loyihasini örganib çiqib, uning asosiy parametrlari yuzasidan tegişli xulosani tayyorladi.


Muhokamada iqtisodiyotda yangi ösiş modeliga ötiş, tadbirkorlik uçun keng imkoniyatlar oçiş, zamonaviy sanoatni rivojlantiriş, qöşilgan qiymat zanjirlarini kengaytiriş va yangi iş örinlari yaratiş asosiy vazifalar sifatida belgilandi.


Real sektordagi bu ösiş aholi farovonligida namoyon bölişi, xususan, ta’lim va tibbiyot sifatini oşiriş hamda mahallalarni obodonlaştirişga xizmat qilişi közda tutilgan.


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham aynan şu yakuniy natijaga urğu berib, kelgusi yilda budjetning katta qismi farzandlar ta’limi, tibbiyot va mahallalar obodligiga yönaltirilişini, bunda oçiqlik va raqamli nazoratni kuçaytirib, har bir söm öz örnida işlatilişini ta’minlaş zarurligini qayd etdi.


Hisob palatasi uşbu yondaşuvlardan kelib çiqqan holda budjet mablağlaridan foydalanişning qonuniyligi, samaradorligi va natijadorligini tahlil qiladi, moliyaviy xavflarni barvaqt aniqlab, samarasiz xarajatlarning oldini oliş böyiça öz taklif va yeçimlarini berib boradi.


2027-yilgi Davlat budjeti loyihasi böyiça Hisob palatasi tayyorlagan xulosada budjet parametrlari, asosiy yönalişlar, aniqlangan masalalar hamda taklif va tavsiyalar batafsil yoritilgan.


Xulosaning töliq matni Hisob palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.