Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

12.11.2026

Ilm-fan sohasiga ajratilayotgan mablağlar samarasi: Hisob palatasi muammolar va ularning aniq yeçimlari böyiça takliflar kiritdi

Hisob palatasi ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida davlat mablag‘larining qonuniy, maqsadli hamda samarali sarflanishini baholash maqsadida nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdi.

Sönggi 10 yilda moliyalaştirilgan fundamental va amaliy loyihalarning qariyb 98 foizi real iqtisodiyotga kirib bormasdan, qoğozda qolib ketgan.

Örganişlar sohada boşqaruv tarqoqligi, jarayonlarning sun’iy ravişda oylab çözilişi va qimmatbaho laboratoriya jihozlarining bekor turgani kabi tizimli kamçiliklarni yuzaga çiqardi.


Fundamental tadqiqotdan amaliyotgaça bölgan uzviy zanjir uzilgan


2016–2026 yillarda davlat mablağlari hisobidan bajarilgan 763 ta fundamental loyihaning atigi 64 tasi (8,4%) amaliy bosqiçga ötgan.

2 639 ta amaliy loyihadan esa bor-yöği 119 tasi (4,5%) innovatsion bosqiçga kötarilgan, faqat 13 tasi (1,7%) amaliy davomga ega bölgan.

Taqqoslaş uçun, tadqiqotlarni keyingi bosqiçga ötkaziş uluşi Germaniyada 54,9% ni, AQŞda 52,4% ni taşkil etadi. Özbekistonda esa ilmiy natijalarning 90% dan ortiği hisobot darajasida qolib ketmoqda.


Ekspertiza va moliyalaştiriş jarayonlari sun’iy ravişda keçiktirilmoqda


2024-yilda 2 635 ta, 2025-yilda 2 988 ta loyiha talabnomasi kelib tuşgan bölsa-da, ekspertizadan ötkaziş va mablağ ajratiş jarayoni örtaça 8 oydan 15 oygaça çözilmoqda.

3 470 ta ekspert xulosasi belgilangan muddatda berilmagan.

Masalan, yoğ-moy mahsulotlari böyiça bitta innovatsion loyihaga xulosa beriş naqd 287 kunga (9 oyga) çözilgan.

510 ta loyiha umuman ilmiy ekspertizasiz, yana 269 tasi esa moliyaviy ekspertizasiz tasdiqlangan bölib, bu inson omili va manfaatlar töqnaşuvi xavfini yuqoriligiça qoldirmoqda.


Yagona milliy axborot makoni va integratsiya yöq


1991–2025-yillarda davlat buyurtmasi asosida 11 mingga yaqin ilmiy loyiha bajarilgan va 26 mingtagaça hisobot şakllangan.

Uşbu hisobotlarning 43 % arxivda, qolgan 57 % esa turli idora va oliy ta’lim muassasalarida tarqoq saqlanmoqda.

Yagona raqamli bazaning yöqligi sababli bir xil mavzular takrorlanib, budjet mablağlari bir maqsadga qayta-qayta sarflanmoqda.

Masalan, tijorat banklarida kredit riski böyiça ikkita alohida OTMda mazmunan aynan bir xil tadqiqot ötkazilgan.


Ilmiy asbob-uskunalar samaradorligi atigi 45%


242 ta OTM va ilmiy taşkilotdagi 2 898 ta asbob-uskunaning yillik örtaça foydalaniş yuklamasi 45 foizdan (900 soat) oşmaydi.

Masalan, Bioorganik kimyo institutida 4 turdagi yuqori texnologik uskuna 3 yildan ortiq vaqt mobaynida işlatilmagan.


Davlat mablağlarining natijadorligini oşiriş yuzasidan Hisob palatasi takliflari


2027-yildan davlat ilmiy dasturlarini portfel boşqaruviga ötkaziş: Xalqaro tajriba (DARPA, Fraunhofer) asosida tanlovlarni tarqoq emas, tarmoqlar va hududlarning dolzarb texnologik muammolarini hal qiluvçi yagona portfel sifatida şakllantiriş hamda har bir yakunlangan loyihaning keyingi maqomini majburiy belgilaş.

Yagona milliy raqamli ilmiy axborot makonini yaratiş: Dissertatsiyalar, patentlar, loyihalar va uskunalar bazasini birlaştiriş hamda sun’iy intellekt yordamida ilmiy öxşaşliklar, takrorlanişlar va manfaatlar töqnaşuvini avtomatik tekşiriş tizimini yölga qöyiş.


Ekspertiza muddatini qat’iy 90 kun etib belgilaş: Ekspertlarning dinamik reytingini joriy qiliş va ekspertni inson omilisiz, tizim orqali biriktirişni ta’minlaş.


Qiymati 10 mlrd sömdan yuqori uskunalarni majburiy verifikatsiyadan ötkaziş: Yangi xarid qilişdan oldin respublikada uning analogi yöqligini tekşiriş va mavjud laboratoriyalarda "jamoaviy foydalaniş markazlar" (core facility) tizimini yölga qöyiş.


Tijoratlaştiriş va R&D xarajatlarini raqamli verifikatsiya qiliş: Xususiy sektorni jalb qiliş uçun imtiyozli kreditlar va rağbatlantiriş mexanizmlarini kengaytiriş, natijadorlikni aniq körsatkiçlar (KPI) asosida baholaş.