Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida ishtirokchilar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar va mamlakatimizning boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
24.05.2026
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
Tashrif davomida xorijiy delegatsiyalar va xalqaro ekspertlarga markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, uning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati hamda mamlakatimizda islom sivilizatsiyasi boy merosini o‘rganish, saqlash va keng targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ishtirokchilar markaz ekspozitsiyalari orqali O‘zbekiston hududida shakllangan boy ilmiy va ma’naviy muhit, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi hamda tarixiy merosni zamonaviy yondashuvlar asosida namoyon etish ishlari bilan tanishdilar.
Tashrif chog‘ida mehmonlarga mamlakatimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar va olimlarning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, qo‘lyozmalar merosi hamda madaniy boyliklarni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari markazda yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy muzey va multimedia yechimlari hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘un targ‘ib qilishga qaratilgan yondashuvlarni yuqori baholadilar.
Ta’kidlanganidek, mazkur tashrif xalqaro mehmonlarga O‘zbekistonning nafaqat raqamli transformatsiya va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari, balki uning boy tarixiy-ma’naviy merosi va sivilizatsion qadriyatlari bilan ham yaqindan tanishish imkonini berdi.
Tashrif yakunida ishtirokchilar mamlakatimizda madaniy merosni asrash va uni zamonaviy formatlarda targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ularda katta taassurot qoldirganini, shuningdek, “Largest Museum of Islamic Civilisation” — dunyodagi eng yirik Islom sivilizatsiyasi muzeyi nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy rekordi berilgan maskanga tashrif buyurganlari ham ular uchun unutilmas taassurot bo‘lganini ta’kidladilar.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2f49ad92869913625dde407.jpg)
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Olimpiya shaharchasidagi sport tadbirlarida ishtirok etdi
703
22.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21d16206331a394414cee7ce.jpg)
Oliy ta'lim sohasida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2490
10.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af47320b0a0a27b80d826ef9.jpg)
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati
2058
03.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ac2fde3e0cbb35d9dadc8c3d.jpg)
Xitoy Bosh auditori Nankinda tahsil olayotgan Hisob palatasi xodimlari bilan uchrashdi
740
29.03.2026
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tantanali ravishda ochildi
1259
23.05.2026