O‘zbekiston Auditorlar palatasi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining birinchi o‘rinbosari M.R. Abdullayevning rasmiy tabriknomasi o‘qib eshittirildi.
13.12.2025
Hisob palatasi O‘zbekiston Auditorlar palatasini 25 yillik yubileyi bilan tabrikladi

Tabriknomada Palataning milliy audit tizimini rivojlantirish va malakali kadrlarni tayyorlashdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
Chorak asr davomida Auditorlar palatasi yuzlab malakali mutaxassislarni birlashtira oldi, zamonaviy kasbiy maktabni shakllantirdi va xususiy sektorda tashqi auditni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdi.
Ayniqsa, auditorlarni sertifikatlashtirish va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar e’tirof etildi.
Tabriknomada davlat auditining oliy organi bo‘lgan Hisob palatasi hamda mustaqil audit instituti sifatidagi Auditorlar palatasi bir-birini to‘ldiruvchi tuzilmalar hisoblanishi qayd etildi.
Ular o‘rtasidagi hamkorlikning izchil mustahkamlanib borishi mamlakatning moliyaviy shaffofligini oshirishga va jamoatchilik ishonchini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Konferensiya ishtirokchilariga murojaat etar ekan, Hisob palatasi vakillari xalqaro forum doirasidagi muhokamalar va ekspert tahlillari O‘zbekistonda audit sohasining institutsional va huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va takliflar uchun asos bo‘lishini bildirdilar.
Tabriknoma yakunlanar ekan, Hisob palatasi Auditorlar palatasining barcha a’zolarini ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, farovonlik va kasbiy faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21d16206331a394414cee7ce.jpg)
Oliy ta'lim sohasida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2490
10.07.2025
O‘zbekiston va Ozarbayjon Hisob palatalari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
1091
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_01897bf9acd5acd91ed6bcac.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar
2036
29.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_36b54f2b28999610ababf55d.jpg)
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi
2953
20.11.2025
Situatsion markazlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy seminar
3804
28.08.2025