2025 yilning 1-4 sentyabr' kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Hisob palatasi mezbonligida “Davlat auditining mustaqilligini ta'minlash” mavzusida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
04.09.2025
Qirg‘iziston “Davlat auditining mustaqilligini ta'minlash” mavzusidagi seminarga mezbonlik qildi

Seminarda Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Belarus' Oliy audit organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Tojikiston Respublikasi Oliy audit organlari vakillari ham seminarda masofaviy (onlayn) formatda qatnashdi.
Seminarda MDH makonida davlat moliyaviy nazorat organlarining mustaqilligi qonunosti xujjatlari bilan ta'minlanganligi, audit o‘tkazishda mustaqillik prinsipiga rioya qilish borasida Rossiya Federatsiyasi, Belarus' va Qirg‘iziston Respublikasi auditorlari tomonidan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakillari tomonidan ham mamlaktimizda hozirda davlat auditi sohasida amalga oshirilayotgan transformasiyalar haqida ma'lumotlar berildi. Hisob palatasining faoliyat doirasi, uning oldida turgan vazifalar, xalqaro audit standartlarini joriy yilish borasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar haqida taqdimot qilindi.
Shuningdek, bugungi kunda o‘tkazilayotgan audit tadbirlarida byudjet mablag‘larining sarflanishini nazorat qilishda raqamli texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan o‘zaro tajriba almashildi.
Seminar yakunida Hisob palatasi o‘z faoliyatida raqamlashtirish orqali nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonini yanada rivojlantirish muhimligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, MDH mamlakatlarida byudjet mablag‘lari boshqarishda elektron axborot tizimidan foydalanish yuqori bo‘lganligi sababli joriy etilgan axborot texnologiyalarni auditdan o‘tkazish tizimini rivojlantirish, bunda audit o‘tkazish bo‘yicha professional IT mutaxassislarni jalb etishi muhimligigi ko‘rsatib o‘tildi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0c8f0cc87c67833802a261ec.jpg)
“O‘ZSUVTA’MINOT” AJ FAOLIYATI, ICHIMLIK VA OQOVA SUV TA’MINOTI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR HAMDA TASHQI QARZ LOYIHALARI AUDITI NATIJALARI
2506
11.05.2026
Strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
1589
12.03.2026
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi
1931
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fda3d31e7c9432290fb216c6.jpeg)
O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlari zamonaviy audit yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytiradi
506
18.09.2026
Hisob palatasi xodimi “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
995
10.07.2026