30.03.2026
Turkiy davlatlar Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanmoqda
2025 yilning 21-23 noyabr' kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI)ni tuzish bo‘yicha ilk uchrashuv o‘tkazilgan.

Unda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon qatorida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi delegasiyasi ishtirok etgan.
Mazkur tadbir doirasida tashkilotning keyingi maqsadlari, uning yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalarining muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha a'zo davlatlar tomonidan tegishli Bayonnoma imzolangan.
Bayonnomada yangi tuzilgan Tashkilotning Nizomi, rasmiy veb-sayti va logotipini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhini tuzish belgilangan.
Undan buyon Tashkilotga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib kelmoqda.
Joriy yilning 31 mart kuni TURKSAIga a'zo Oliy audit organlari jamoalari o‘rtasida navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Tashkilotning Nizomi, rasmiy veb-sayti va logotipini ishlab bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar tinglandi.
Muhokamalarda yana bir bor TURKSAIning maqsadlari quyidagilardan iborat ekanligi ta'kidlandi:
- a'zolari o‘rtasida hamkorlik va birdamlikni rivojlantirish;
- a'zolar uchun tematik mavzularda o‘quv trening va seminarlar tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, bilim va tajriba almashish, xodimlarning institusional va professional salohiyatini rivojlantirish;
- audit metodologiyalari va standartlarini ishlab chiqishga o‘zaro hissa qo‘shish;
- INTOSAI va uning mintaqaviy tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilish.
Ishtirokchilar tomonidan Tashkilotni rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar kiritildi. Ozarbayjon Hisob palatasi tomonidan
Tashkilotning keyingi uchrashuvini joriy yilning oxirida Boku shahrida o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Tomonlar TURKSAIni samarali faoliyat yurituvchi tashkilot sifatida rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Boshqa yangiliklar
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
1779
11.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2bf14db6596240994e735b0.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida o‘tkazilgan samaradorlik auditi natijalari
895
10.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a260d6e6a11199b8d834e6e7.jpg)
Prezidentimiz tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
386
17.08.2026
Davlat xaridlari sohasida korrupsiya va talon-torojliklarning oldini olishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga amaliy yordam ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
1486
30.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_47886fe23e19760fc2206c69.jpg)
BAYRAM TABRIGI
832
17.02.2026