O‘zbekiston va Xitoy Oliy audit organlari o‘rtasidagi keng formatli munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. 2025 yilda Tomonlar o‘rtasida Hamkorlik memorandumi va Amaliy chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
29.03.2026
Xitoy Bosh auditori Nankinda tahsil olayotgan Hisob palatasi xodimlari bilan uchrashdi

2025 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev boshchiligidagi delegasiya Nankin Audit universitetida bo‘lib, ushbu dargoh professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
M. Abdullaevga audit va texnika sohalarida dolzarb ilmiy izlanishlar uchun Nankin Audit universitetining “faxriy professori” unvoni topshirildi.
Qolaversa, tarixda ilk bor 2025-2027 o‘quv yillari uchun O‘zbekiston Hisob palatasining 2 nafar mas'ul xodimi – F. Masharipov va F. Najimov Nankin audit universitetining Audit bo‘yicha 2-yillik magistratura dasturi doirasida tahsil olishni boshladi.
2026 yilning 30 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasi Milliy auditi idorasi Bosh auditori Xou Kai Nankin audit universitetida tahsil olayotgan F. Masharipov va F. Najimovlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda univesitetdagi o‘quv jarayonlari o‘zbekistonlik talabalar nigohida, Xitoyning davlat auditi tajribasini O‘zbekistonda izchil qo‘llash hamda ikki mamlakat Oliy audit idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda, shuningdek, Xou Kai Xitoy Milliy auditi idorasi O‘zbekiston Hisob palatasi bilan davlat auditining dolzarb yo‘nalishlarida hamda xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish tarafdori ekanligini ta'kidladi.
O‘zbekistonlik talabalar ham Xitoyning davlat auditi sohasidagi noyob tajribasini chuqur o‘rganib, uni O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash va ikki idora o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini bildirdilar.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ac49502bc80d719a22ecdfd2.jpg)
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
692
03.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2059077d15b24b38dc671af0.jpg)
Aholi bandligi va daromadini oshirish boʻyicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi
495
10.09.2026
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
1112
20.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9623634b7a56bd040278a664.jpg)
Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish
2806
21.08.2025
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha seminar
2339
07.09.2025